28
kadastr ob‘ektlariga bo‗lgan mulk huquqi va boshqa huquqlarni davlat ro‗yxatidan
o‗tkazish; kadastr ob‘ektlarining miqdor va sifat tavsiflarini hisobga olish; kadastr
ob‘ektlarini sifat va qiymat jihatidan baholash; kadastrga
doir axborotni tizimga
solish, saqlash va yangilab borish; kadastr ob‘ektlarining
holati haqida hisobotlar
tuzish; Davlat kadastrlari yagona tizimiga kiritish uchun tegishli axborot taqdim
etish; foydalanuvchilarni qonun hujjatlarida belgilangan
tartibda kadastrga doir
axborot bilan ta‘minlash.
Kadastr ob‘ektlarining mulkdorlari hamda kadastr ob‘ektlariga doir boshqa
huquqlarning
egalari tegishli vazirliklar, davlat qo‗mitalari, idoralar,
mahalliy
davlat hokimiyati organlariga kadastr ob‘ektlarining geografik joylashuvi, huquqiy
maqomi, miqdor, sifat tavsiflari va bahosi to‗g‗risida, shuningdek ularning
holatidagi joriy o‗zgarishlar haqida axborot taqdim etishlari shart.
Davlat
kadastrlarini yuritish tartibi O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
tomonidan tasdiqlanadi. Davlat kadastrlari yuritilishini
moliyalashtirish davlat
byudjeti hisobidan amalga oshiriladi.
Kadastr ob‟ektlariga bo„lgan huquqlarni davlat ro„yxatidan o„tkazish.
Kadastr ob‘ektlariga bo‗lgan huquqlarni davlat ro‗yxatidan o‗tkazish yuridik
va jismoniy shaxslarning kadastr ob‘ektlariga bo‗lgan huquqlari davlat tomonidan
e‘tirof etilishi va tasdiqlanishining yuridik hujjati hisoblanadi. Kadastr ob‘ektlariga
bo‗lgan huquqlarni davlat ro‗yxatidan o‗tkazish hujjatlar
bilan tasdiqlangan
axborotlarni davlat reestrlariga kiritish yo‗li bilan amalga oshiriladi. Kadastr
ob‘ektlariga bo‗lgan huquqlarni davlat ro‗yxatidan o‗tkazish kadastr ob‘ektlarining
barcha mulkdorlari va kadastr ob‘ektlariga doir boshqa huquqlarning egalari uchun
majburiydir.
Dostları ilə paylaş: