Mustaqil o‟rganish uchun savollar:
1.
Avstriyada nechanchi yildan kadastr ishlari yuritila boshladi?
2.
Buyuk Britaniyada davlat kadastrlarini yaratish va yuritish?
3.
Rossiya
Federatsiyasida
ko‗chmas
mulk
ob‘ektlarini
texnik
inventarizatsiyalash va davlat hisobini olib borish nechta tashkilot (organ)lar orqali
amalga oshiriladi?
4.
Fransiyada kadastr ishlari qanday yuritiladi?
5.
AQSH da mulkni boshqa shaxsga o‗tkazish qaysi bosqichlarda amalga
oshiriladi?
6.
Shvetsariya davlatida kadastr ishlarini qaysi organlar yuritadi?
1.3
O„zbekiston Respublikasida davlat kadastrlarini
yaratish va yuritish
Davlat kadastri tushunchasi va uning mazmuni.
Tarmoqlar davlat
kadastrlari davlat kadastrlari yagona tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi, hamda
u tabiiy, xo‗jalik ob‘ekti yoki boshqa ob‘ekt muayyan turining geografik
24
joylashuvi, huquqiy maqomi, miqdor, sifat tavsiflari va bahosi to‗g‗risidagi
yangilanib turiladigan ma‘lumotlar va hujjatlar tizimidan iborat bo‗ladi.
Kadastr tushunchasining zamonaviy ta‘rifi sifatida aytish mumkinki, kadastr
- mamlakatimiz hududidagi tabiiy resurslar va inson yaratgan moddiy va ma‘naviy
boyliklarning
joriy
holatiga
oid
ma‘lumotlarni yig‗ish, saqlash va
foydalanuvchilarga havola qilish tizimidir.
Tabiiy va moddiy boyliklar bir qancha turlarga bo‗linganligi uchun
mutanosib ravishda davlat kadastrlari tizimi ham bir qancha tarmoq kadastrlarini
o‗z ichiga oladi. Masalan, yer kadastri, energetika resurslari kadastri, hayvonot
olami kadastri, temir yo‗llar kadastri, bino va inshootlar kadastri, suv resurslari
kadastri, o‗rmon kadastri, arxitektura yodgorliklari va tarixiy obidalar kadastri,
aloqa kadastri va h.k. Mamlakat hududidagi har qanday boylik yoki yer ostida,
yoki yer ustida joylashganligi tufayli mazkur kadastrlar ichida yer kadastri alohida
o‗rin tutadi.
Xalq
xo‗jaligining barcha tarmoqlarida o‗tkazilayotgan iqtisodiy
islohotlarning rivojlanishini hisobga olib, tabiiy va xo‗jalik resurslaridan oqilona
foydalanish hamda ularni muhofaza qilishni boshqarish tizimini takomillashtirish,
hududlarning tabiiy-iqtisodiy salohiyatini majmuaviy tahlil qilish va baholash eng
zarur masalalardan biri hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyotining asosiy elementlaridan hisoblangan kadastr tizimi
O‗zbekiston Respublikasi rivojlanishining asosiy tamoyillariga va mazmuniga to‗la
muvofiq
keladi,
bugungi
kunda
iqtisodiy
sohalardagi
islohotlarni
chuqurlashtirishda muhim rol o‗ynaydi. O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
tomonidan 2000- yil 15-dekabrda qabul qilingan O‗zbekiston Respublikasining
―Davlat kadastri to‗g‗risida‖gi qonuni mazmuni va mohiyati bilan mamlakatimizda
Davlat kadastrlarini yaratish va yuritish tomoiyllarini to‗liq belgilab berdi.
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005- yil 16- fevralda
qabul qilingan ―Davlat kadastrlari yagona tizimini yaratish va yuritish tartibi
to‗g‗risida Nizomni tasdiqlash haqida‖gi 66-sonli qarori asosida respublikamizda
21 ta davlat tarmoq kadastrlarini yaratish va yuritish bo‗yicha tegishli vazirliklar,
25
davlat qo‗mitalari va idoralar mas‘ul etib tayinlangan. Davlat kadastrlari yagona
tizimi (DKYT) davlat kadastrlarining barcha turlarini birlashtiruvchi ko‗p maqsadli
axborot tizimi bo‗lib uni yuritish ―Davyergeodezkadastr‖ qo‗mitasi zimmasiga
yuklatilgan.
―Davyergeodezkadastr‖ qo‗mitasi o‗z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni
bajarishda vazirliklar, davlat qo‗mitalari, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati
organlarini davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi va
davlat kadastrlari yagona tizimini yuritadi. Davlat kadastrlarining yagona tizimi
yuritish metodologiyasini, ilmiy prinsiplarini va konsepsiyalarini ishlab chiqish
davlat kadastrini yurituvchi manfaatdor vazirliklar, davlat qo‗mitalari va idoralar
tomonidan belgilangan bo‗lib bugungi kunda davlat kadastrlarini yaratish va
yuritish
borasida
to‗laqonli normativ-huquqiy baza shakllantirildi va
hukumatimizning tegishli qarorlari bilan davlat kadastrlarini yuritish va yaratish
to‗g‗risida nizomlar tasdiqlanib ishga tushirildi.
Hozirgi paytda davlat kadastrlari; yer, konlar, foydali qazilmalar va
texnogen hosilalarning yuzaga chiqish hollari davlat kadastri; davlat suv kadastri;
davlat o‗rmon kadastri; qo‗riqlanadigan tabiiy hududlar davlat kadastri; binolar va
inshootlar davlat kadastri; gidrotexnika inshootlari davlat kadastri; madaniy meros
ob‘ektlari davlat kadastri; avtomobil yo‗llari davlat kadastri; temir yo‗llar davlat
kadastri; aloqa ob‘ektlari davlat kadastri; energetika ob‘ektlari davlat kadastri;
chiqindilarni ko‗mish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastri; tabiiy xavf
yuqori bo‗lgan zonalar davlat kadastri (xavfli geologik jarayonlar bo‗limi)
kartografiya-geodeziya davlat kadastri bo‗yicha tematik qatlam ko‗rinishidagi
ma‘lumotlar DKYT markaziy ma‘lumotlar bazasiga kirtib kelinmoqda.
Bugungi kunda Davlat kadastrlari ma‘lumotlari asosida geografik axborot
tizimi qatlamlari yaratilmoqda. Bu o‗rinda davlat er kadastri ma‘lumotlari alohida
muhim ahamiyatga ega. Davlat yer kadastrini yuritishning asosiy maqsadi –
iqtisodiyotni rivojlantirish, yer uchastkalariga bo‗lgan huquqlarning kafolatlarini
ta‘minlash, yerlardan oqilona foydalanish, ularni muhofaza qilish uchun kadastr
ma‘lumotlaridan foydalanishning huquqiy asoslarini belgilashdan iborat.
26
Qoraqalpog‗iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududida
joylashgan yer uchastkalari bo‗yicha kadastr hujjatlari tayyorlanib, yuridik va
jismoniy shaxlarni yer uchastkasiga tegishli bo‗lgan huquqlari davlat ro‗yxatidan
o‗tkazilmoqda, shu bilan birgalikda yerdan foydalanuvchilar kesimida tuman,
shahar hokimliklarning tasdiqlangan qarorlari asosida yer hisoboti tayyorlanib,
viloyatda umumlashtirilgan holda ―Davyergeodezkadastr‖ qo‗mitasiga har yil
yakuni bo‗yicha 1- yanvar holatiga taqdim etilib borilmoqda.
Hozirgi kunda yuridik va jismoniy shaxslarni yer uchastkasiga bo‗lgan
huquqlari davlat ro‗yxatidan o‗tkazilib, ro‗yxatga o‗tkazish jarayonidagi
ma‘lumotlar Qoraqalpog‗iston Respublikasi, viloyatlar (tuman va shaharlar
kesimida) va Toshkent shahri bo‗yicha navbatchi elektron xaritalarga
kiritilmoqda. Bugungi kunda barcha tuman, shahar yer tuzish va ko‗chmas mulk
kadastr xizmatlari qishloq xo‗jaligi ekinlarini tezkor va aniq o‗lchovini o‗tkazish,
topogeodeziya ishlarining sifatini oshirish maqsadida eng zamonaviy 160 ta
komplekt yo‗ldosh tizimli geodezik asbob-uskunalar hamda ularga tegishli dasturiy
ta‘minotlar, zamonaviy kompyuterlar, shuningdek yagona dasturiy tizimni joriy
qilish maqsadida viloyat boshqarmalari hamda tuman bo‗limlari ArcGIS dasturiy
ta‘minoti bilan ta‘minlangan.
Davlat yer kadastri ma‘lumotlari har bir yuridik va jismoniy shaxslarga
tegishli yer uchastkalariga bo‗lgan huquqlari belgilangan tartibda tuman va
shaharlarda davlat ro‗yxatidan o‗tkazilgandan so‗ng, joylarda ma‘lumotlar bazasi
yaratilmoqda va koordinatlar sistemasida jadval shaklida davlat kadastrlari yagona
tizimi ma‘lumotlar bazasiga kiritib borilmoqda. Hukumatimiz tomonidan keyingi
yillarda qabul qilingan qarorlarga muvofiq, hozirgi paytda, ko‗chmas mulkka
bo‗lgan huquqlarni davlat ro‗yxatidan o‗tkazishning kompyuterlashtirilgan yagona
milliy tizimini yaratish bo‗yicha, ishlar amalga oshirilmoqda. Kelajakda ko‗chmas
mulk to‗g‗risida atributiv va grafik ma‘lumotlarni o‗z ichiga olgan yagona
ma‘lumotlar banki yaratilishi ko‗zda tutilmoqda.
Yuridik va jismoniy shaxslar ko‗chmas mulk ob‘ektlariga kadastr yig‗ma
jildini tayyorlash uchun o‗zlarining tanlovlariga ko‗ra telekommunikatsiya
27
kanallari bo‗yicha elektron raqamli imzoni qo‗llagan holda elektron hujjat
ko‗rinishida arizalarini O‗zbekiston Respublikasi yer resurslari, geodeziya,
kartografiya va davlat kadastri davlat qo‗mitasining Interaktiv davlat xizmatlari
yagona portali va axborot resursi orqali elektron shaklda jo‗natishlarini yo‗lga
qo‗yish ko‗zda tutilmoqda.
Bu yo‗nalishda ariza va unga ilova qilingan hujjatlarni elektron tarzda qabul
qilish va ularga ishlov berish tizimi axborot tizimlari kompleksi, shuningdek aloqa
kanallari va axborotni uzatish va qabul qilishning axborot xavfsizligi ta‘minlangan
dasturiy - apparat vositalari, olingan axborotga ishlov berish, uni saqlashning
dasturiy-apparat vositalari dasturlari ishlab chiqilmoqda.
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014- yil 7-
yanvardagi 1-sonli qarori bilan tasdiqlangan ―Ko‗chmas mulkka bo‗lgan
huquqlarni va u haqida tuzilgan bitimlarni davlat ro‗yxatidan o‗tkazish tartibi
to‗g‗risida nizom‖ga muvofiq, yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga,
binolar va inshootlarga (shu jumladan yer osti inshootlariga), ko‗p yillik dov-
daraxtlarga bo‗lgan huquqlarini, shuningdek ipotekani hamda binolar va inshootlar
va yer uchastkalariga bo‗lgan ashyoviy huquqlar ipotekasi to‗g‗risidagi
shartnomalarni, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‗llab, «bir oyna»
tamoyili bo‗yicha davlat ro‗yxatidan o‗tkazish tartibi joriy etilmoqda.
Hukumat qaroriga muvofiq, hozirgi paytda, ko‗chmas mulkka bo‗lgan
huquqlarni davlat ro‗yxatidan o‗tkazishning kompyuterlashtirilgan yagona milliy
tizimini yaratish bo‗yicha, yetakchi horij mamlakatlar tajribasini hisobga olgan
holda ―Davyergeodezkadastr‖ qo‗mitasi tomonidan «Davlat investitsiya dasturi»
amalga oshirilmoqda.
Kelajakda ko‗chmas mulk to‗g‗risida atributiv va grafik ma‘lumotlarni o‗z
ichiga olgan yagona ma‘lumotlar banki yaratilishi ko‗zda tutilyapti.
Dostları ilə paylaş: |