Davlat kadastrlari


Germaniya Federativ Respublikasi -



Yüklə 3,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/94
tarix30.09.2023
ölçüsü3,72 Mb.
#150718
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   94
ДКА ох2018

Germaniya Federativ Respublikasi -
Germaniya tizimi tashkiliy jihatdan 
yer kitobi va yer kadastriga bo‗linadi. Tizim tarix davomida shunday 
shakllanganki, yer kitobini yuritish - yer uchastkasiga bo‗lgan yuridik ma‘lumotlar 
reestri sifatida (mulkka munosabat, huquq va boshqa huquqiy holatlar) federal 


21 
Adliya vazirligi (ro‗yxatdan o‗tkazish sudlari) tomonidan amalga oshiriladi. Yer 
kadastri esa - mulkni haqiqiy holatini (tarkibini) isboti sifatida (bunda: nomi, 
holati, o‗lchami, qurilish inshootlari, foydalanish va boshq.) yuritiladi va federal 
yer vakolatida hisoblanadi. Ko‗chmas mulkni shakllantirish xususiy geodezistlar 
tomonidan ham amalga oshiriladi.
Ma‘muriy va byurokratik qiyinchiliklar yagona federal tizimni rivojlanishiga 
to‗sqinlik qilmoqda. Tashkiliy va texnologik jihatdan kadastr xizmatlari va 
ro‗yxatdan o‗tkazish sudlarining birlashishi hamda ro‗yxatdan o‗tkazishni to‗liq 
kompyuter texnologiyalariga o‗tish tendensiyasi kuzatilmoqda. 
Fransiya - 
Ko‗chmas mulk reestri – ko‗chmas mulkning ipotekasi va garovi 
kartotekalari bo‗yicha moliya vazirligi tarkibiga kiruvchi asosiy huquqlar va 
ipotekalar reestr xizmati tomonidan yuritiladi. Saqlash vazifasi (обременение) 
bo‗lmagan yer uchastkalari ro‗yxatdan o‗tkazilmaydi. Mahalliy hokimiyat 
organlarining kadastr xizmatlari o‗lchashlar asosidagi, soliq solish uchun asos 
bo‗lib xizmat qiladigan grafik kadastrni yuritadilar. Kadastr yuritishni kompyuter 
texnologiyalariga o‗tkazish amalga oshirilmoqda, tarixan shakllanib kelgan soliq 
kadastri bosqichma-bosqich geoaxborot tizimiga qayta shakllanib bormoqda.
AQSH - 
To‗la qamrovli kadastr mavjud emas. Yerlarni ro‗yxatdan 
o‗tkazish, o‗lchash yoki markirovkalash 
majburiyati 
yo‗q. Mulkni boshqa 
shaxsga o‗tkazish: yozma shaklda 
tuzilgan 
oldi-sotdi 
to‗g‗risidagi 
majburiyat shartnomasi, kamida so‗nggi 
30 yil ichida ushbu mulkka bo‗lgan 
huquqni isbotlashda advokat ishtiroki, 
tegishli yer uchastkasi bo‗yicha sug‗urta 
kompaniyasi 
tomonidan 
beriladigan 
tarixiy ma‘lumot va mulkni boshqa 
shaxsga o‗tkazish to‗g‗risidagi jamoa reestriga kiritiladigan hujjat kabi bir nechta 
bosqichlarda amalga oshiriladi. Reestr hususiy sug‗urta kompaniyalari tomonidan 


22 
yuritiladi. Ayrim shtatlarda asosan yerlarni, bino va inshootlarni hisobini olib 
borish maqsadida ko‗chmas mulk kadastrini tashkil etish tendensiyasi 
kuzatilmoqda. 

Yüklə 3,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin