20
Yer kitobi va kadastrning birligi keng qamrovli geografik ma‘lumotlar tizimini
yanada kengaytirish asosida amalga oshirish tendensiyasi kuzatilmoqda.
Buyuk Britaniya -
Ko‗chmas mulk kadastri - mulkiy huquq himoyasi
tizimining funksional birligi sifatida mavjud emas. 1862- yildan yer uchastkalariga
bo‗lgan huquqni ro‗yxatdan o‗tkazish -
yer uchastkalari nomlari reestri amalga
kiritildi.
Ko‗chmas
mulkni
shakllantirish
(inventarizatsiyalash,
baholash,
kadastr
sur‘atiga olish,
yuridik hujjatlarni yig‗ish), o‗lchash
ishlari
bo‗yicha
xususiy byurolar
tomonidan
olib
boriladi,
ular
shuningdek, kadastr yuritishni ham
amalga oshiradilar. Ingliz tizimi mulkiy
huquqning himoyasini ta‘minlash tizimida davlat aralashuvi (ishtiroki) ning juda
kamligi na‘munasidir. To‗la qamrovli yer-kadastr tizimini yaratish yaqin kelajakda
kuzatilmayapti.
Gollandiya -
Yer
kitobi va
kadastrni yuritish funksiyalari uy-joy
qurilishi, rejalashtirish va atrof-muhitni
himoya qilish
vazirligi tasarufidagi
«Kadastr» xizmatlari tomonidan olib
boriladi.
Kadastrni
yuritish
to‗liq
avtomatlashtirilgan.Ro‗yxatdan
o‗tkazish va kartografik ma‘lumotlar
integratsiyalanish tendensiyasi asosida amalga oshirilmoqda.
Dostları ilə paylaş: