“Davlat moliyasi” faniniga kirish. Davlat moliyasining mohiyati va ahamiyati



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə1/9
tarix10.12.2022
ölçüsü0,92 Mb.
#73554
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
1-mavzu

“Davlat moliyasi” faniga kirish. Davlat moliyasining mohiyati va ahamiyati

O‘qituvchi: M.B.Kimsanboyeva

Reja:


1.“Davlat moliyasi” fanining predmeti, tarkibiy tuzilishi, maqsadi va vazifalari
2.“Davlat moliyasi” fanining boshqa iqtisodiy fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi
3.Davlat moliyasining mohiyati va ahamiyati
4.Davlat moliyasining umumiy moliyaviy munosabatlar tarkibidagi o‘rni va ahamiyati
5.Davlat moliyasining funksiyalari, ularning davlatning funksiyalari bilan bog‘liqligi

1.“Davlat moliyasi” fanining predmeti, tarkibiy tuzilishi, maqsadi va vazifalari

  • “Davlat moliyasi” fanining predmetini davlatning markazlashgan pul fondlari va boshqa markazlashgan moliyaviy resurslarining shakllanishi, taqsimlanishi va ishlatilishi bilan bog’liq bo’lgan tashkiliy, huquqiy, iqtisodiy va moliyaviy munosabatlar tashkil qiladi.
  • Fanni o‘qitishdan maqsad– kelgusida yuqori malakali iqtisodchi mutaxassislar bo‘lib yetishadigan talabalarda davlat moliya tizimining tuzilishi va faoliyati yuzasidan nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirish va ularni amaliyotga tatbiq etishdan iborat.

Ushbu maqsadga erishish uchun fan talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, iqtisodiy hodisa va jarayonlarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi.

Ushbu maqsadga erishish uchun fan talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, iqtisodiy hodisa va jarayonlarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi.

Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga quyidagi talablar qo‘yiladi. Talaba:

  • davlat moliyasining mohiyati, uning zarurligi, davlat moliyasi tizimi, davlat moliyasi nazariyalari, davlat moliya siyosatining mazmuni, vazifalari, rivojlanish bosqichlari, davlat moliyasi tizimini boshqarish va tartibga solish asoslari, davlat byudjetini, davlat maqsadli jamg‘armalarini shakllantirish, ular mablag‘laridan foydalanishni tashkil etish shakllari haqida tasavvurga ega bo‘lishi;
  • davlat moliyasi rivojlanishining qonuniyatlarini, davlat moliyasi holatini baholash va tahlil qilishni, davlat moliyasi rivojlanishi istiqbolini belgilash asoslarini, O‘zbekiston Respublikasining moliya qonunchiligi asoslarini, davlat moliyasining asosini tashkil etuvchi barcha darajadagi byudjetlar ijrosini tashkil etish nazariyasi va amaliyotini, davlat moliyasini tashkil etish tamoyillarini bilishi va ulardan foydalana olishi;

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin