PEDAGOGS international research journal www.pedagoglar.uz
Volume-2, Issue-2, January–2022 144 rivojlarishini rag‘batlantirish maqsadida turli xil imtiyozlar beriladi va kam
daromadli aholining soliqlardan ozod etish, ularni davlat tonmonidan
moliyalashtirish hisobiga ijtimoiy vazifalar hal etiladi. Hozirgi sharoitda davlat
budjeti daromadlarini shakllantirishning samaralimanbai bo‘lib soliqlar va ularga
tenglashtirilgan majburiy to‘lovlar hisoblanadi.Yuqorida respublikamizda davlat
budjeti ikki pog‘onadan iborat ekanligigato‘xtalgan edik. Ularning har biriga
muayyan daromad manbalari biriktirilgan.Jumladan, respublika budjeti daromadlari
umumdavlat soliqlari, yig‘imlari, bojlari,majburiy to‘lovlar va boshqa to‘lovlar
hisobiga shakllantirilsa, mahalliy budjetlardaromadlari mahalliy soliqlar, yig‘imlar
va boshqa majburiy to‘lovlar hisobigashakllantiriladi.
1997 yil 24 aprelda O‘zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksi qabul qilindi va
1998 yil 1 yanvardan kuchga kirdi. Ushbu kodeks soliqlar va yig‘imlarni yagona
hujjatga to‘pladi, umumdavlat hamda mahalliy soliqlar va yig‘imlarning aniq
turlarini belgiladi.
1997 yil 24 aprelda O‘zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksi qabul qilindi va
1998 yil 1 yanvardan kuchga kirdi. Ushbu kodeks soliqlar va yig‘imlarni yagona
hujjatga to‘pladi, umumdavlat hamda mahalliy soliqlar va yig‘imlarning aniq
turlarini belgiladi.Shuningdek, davlat budjeti daromadlarini shakllantirishning
huquqiy asoslarida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan 1997 yil 29-avgustda qabul
qilingan “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi va O‘zbekiston Respublikasining
Budjet Kodeksini keltirib o‘tishimiz mumkin.
Soliqlar soliqqa tortish ob’ektiga qarab uch guruhga bo’linadi:
1. Oborotdan olinadigan soliqlar. Bunda soliqlar xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning
bevosita oborotidan undiriladi, ularga qo’shilgan qiymat solig’i, aktsiz solig’i,
jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilg’isi va suyultirilgan
gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq, bojxona bojlari, yig’imlari va boshqalar
kiradi.
2. Mol-mulk qiymatlaridan olinadigan soliqlar. Bunday soliqlar soliq to’lovchi
sub’ektlar tasarrufida mavjud bo’lgan mol-mulkdan, erdan va boshqalarga nisbatan
belgilanadigan soliqlardan iborat.