PEDAGOGS international research journal www.pedagoglar.uz
Volume-2, Issue-2, January–2022 143 mahalliy budjetlar bo‘g‘inlari tarkibiga
quyidagilar kiradi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti;
viloyatlar budjeti;
shaharlar budjeti;
tumanlar budjeti;
shaharlar tarkibidagi tumanlar budjeti (Toshkent shahrida);
tumanlar tarkibidagi shaharlar budjeti.
Davlat budjetining harakat qilish mexanizmi ikki ko‘rsatkichda bo‘ladi:
1. Davlat budjetining daromadlari.
2. Davlat budjetining harajatlari.
Daromadlar – bu davlatning sub’ekti sifatida faoliyat ko‘rsatishi uchun moliyaviy
baza hisoblanadi.Budjet daromadi birinchidan, ijtimoiy ishlab chiqarish
qatnashchilaritomonidan jami ijtimoiy mahsulotni qiymatini taqsimlash natijasida
shakllanganbo‘lsa, ikkinchidan, davlat ixtiyorida vujudga kelgan qiymatni maqsadli
fondlarhududlararo va tarmoqlararo fondlarni tashkil etish uchun qayta
taqsimlashxususiyatga egadir.Davlat budjeti har yili ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
O‘zbekistonRespublikasi davlat budjeti, uning daromad va xarajatlari boshqa
iqtisodiykategoriyalar: soliq, narx, kredit, foyda, tannarx, qiymat va hakazolar bilan
birgalikda turli munosabatlarga kirishar ekan, ular ustidan moliyaviy
nazoratniamalga oshiradi.Davlat budjeti daromadlarini shakllantirishningshartli
ravishda quyidagicha guruhlash mumkin:
1. Soliqlar va soliqlarga tenglashtiriluvchi majburiy to‘lovlar;
2. Davlat mulkini xususiylashtirishdan keladigan daromadlar;
3. Davlat zayomlari;
4. Qog‘oz pullar emissiyasi va boshqalar.
Davlat daromadlari tizimida markaziy moliyaviy manba bo‘lib soliqlar
hisoblanadi. Soliqlar soliq qonunchiligi vositasida joriy etiladi. Soliqlar asosan
fiskal, iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyatga ega. Davlat budjeti daromadlarini
shakllantirish soliqlarning fiskal funksiyasini kasb etsa, ayrim tarmoqlar