www.pedagoglar.uz
Volume-2, Issue-2, January–2022
147
qiladi. Bu esa, qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i
kabi barqaror daromad
manbalarini budjet daromadlarining tarkibidagi yuqori salmog‘ini ta‘minlashni
taqozo qiladi.Bozor iqtisodiyoti sharoitida budjet-soliq siyosatining asosiy vazifalari
iqtisodiyotda ishlab chiqarish jarayoni o’stirishga
va uning samaradorligini
oshirishga, soliqqa tortiladigan bazani kengaytirish maqsadida yuridik va jismoniy
shaxslar daromadlarini ko’paytirishga qaratilgan bo’lishi kerak.
Xulosa
Iqtisodiyotni ko’p yillik rivojlanishida soliqlar va soliqqa
tortish jarayonlarini
samarali boshqarishning ahamiyati juda katta hisoblanadi.
Chunki soliqlar va
soliqqa tortish jarayonlarini samarali boshqarmay turib
soliq siyosatini amalga
oshirib, mamlakatning soliq tizimini yaratib bo’lmaydi.
Soliqlarsiz esa
mamlakatning iqtisodiyotini umuman tasavvur qilishning iloji yo’q. Qo’shimcha
ravishda shuni ham ta’kidlab o’tishimiz joizki, mamlakatimizda olib borilayotgan
budjet-soliq siyosati samarasi o’laroq xususiy sektorga keng imkoniyatlar eshiklari
ochilgan. Xususan, soliq yukining yildan-yilga
kamaytirilayotganligi soliq
to’lovchilarga bu borada yanada ko‘proq mablag’ni o‘z
faoliyatida qayta
foydalanish imkoniyatini yaratayotgan bo’lsa, ularga
berilayotgan imtiyozlar va
preferensiyalar evaziga esa faoliyatni yanada samarali
tashkil qilish hamda yangi
innovatsion g’oyalarni amaliyotga tadbiq etish imkoniyati paydo bo‘lmoqda. Bu esa
mamlakatimizning kelajakda yanada rivojlanishi uchun samarali hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O’zbekiston Respublikasining “Byudjet kodeksi”. T.: “O’zbekiston”2013 yil 26
dekabr.
2. Srojiddinova Z.X. O’zbekiston Respublikasi Byudjet tizimi. «infoCOM.UZ»
.Toshkent- 2010.480b.