16Davlat byudjeti va byudjet tizimi Davlat byudjeti – bu davlat vazifalarini, mamlakat yoki tegishli ma’muriy – hududiy birlik iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishini ta’minlash maqsadida pul mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanishning asosiy moliyaviy rejasidir. Sodda qilib aytganda, u davlatning bir moliya (byudjet) yiliga mo‘ljallangan xarajatlari va ularni qoplash manbalari ko‘rsatilgan daromadlar smetasidir
Davlat byudjeti moliya tizimining asosiy bo‘g‘ini hisoblanib, u davlatning asosiy daromadlari va xarajatlarini birlashtiradi va o‘zida soliq, davlat krediti va davlat xarajatlari yaxlitligini o‘zida mujassamlashtiradi. Davlat byudjeti asosini davlat boshqaruv apparati, qurolli kuchlar, sog‘liqni saqlash, ta’lim, ijtimoiy sohalar xarajatlarini moliyalashtirishga mo‘ljallangan hukumatning markazlashgan pul mablag‘lari jamg‘armasi tashkil qiladi. Mamlakat hududida amalda bo‘lgan va ijtimoiy munosabatlar va huquqiy me’yorlarga asoslangan barcha turdagi byudjetlar to‘plamiga byudjet tizimi deyiladi. Byudjet tizimining tashkil etilishi va tuzilishi tamoyillariga (yaxlitligi, to‘laliligi, haqqoniyligi, oshkoraligi, mustaqilligi)ga byudjet tuzilmasi deb aytiladi.
Davlat byudjetining asosiy funksiyalari quyidagilar: YaIM va MD ni qayta taqsimlash; iqtisodni davlat tomonidan (boshqarish) tartibga solish va rag‘batlantirish; ijtimoiy siyosatni moliyalashtirish; markazlashtirilgan pul mablag‘lari fondini shakllantirish va uni ishlatilishini nazorat qilish.
17Oʼzbekistonda soliq tizimi mohiyati O`zbekistonning soliq tizimi-bu davlat tomonidan belgilab qo`yilgan va byudjetga majburiy undiriladigan soliqlar, bojlar, yig`imlar, to`lovlar hamda byudjetdan tashqari jamg`armalarga majburiy ajratmalar, badallar va to`lovlar, ularning turlari, shakllari, ko`rinishlari majmuidir.Soliqlarning mohiyati uning quyidagi xususiyatlari orqali namoyon bo‘ladi: 1. Soliq to‘lovchi pulning u yoki bu so‘mmasini davlatga to‘lar ekan, buning evaziga bevosita biron-bir tovar yoxud xizmat olmaydi. Alohida olingan soliq to‘lovchi tomonidan to‘langan soliq miqdori bilan u iste’mol qiladigan ijtimoiy ne’matlar o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liqlik mavjud bo‘lmayd2. Soliqlar majburiy to‘lovlar hisoblanadi. Soliqlarning to‘la va o‘z vaqtida to‘lanishi uchun javobgarlik soliq to‘lovchilar zimmasiga yuklangan bo‘lsada, ular ixtiyoriy emas, majburiy ravishda to‘laydilar, soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlar tegishli tartibda javobgarlikka tortiladilari O‘zbekistonning ham soliqlarni belgilash va ularning hajmlarini aniqlash faqat oliy qonun chiqaruvchi hokimiyat yoki uning tomonidan vakolat berilgan organlar tomonidan amalga oshirilishi qonun hujjatlari asosida mustahkamlab qo‘yilgan. Fuqarolar yoki boshqa tashkilotlar o‘z xohish-istagiga qarab yangi soliqlar belgilash yoki ularning hajmlarini aniqlash vakolatiga ega emaslar. To‘lovlarning qonuniy, shaffof bo‘lishi soliqlarning bosh tavsifidir Soliqlar – Soliq kodeksida belgilangan, muayyan miqdorlarda undiriladigan, muntazam, qaytarib berilmaydigan va beg‘araz xususiyatga ega bo‘lgan, byudjetga yo‘naltiriladigan majburiy pul to‘lovlari tushuniladi. O`zbekiston davlat byudjetining daromad qismining 96 foizini soliqlar tashkil etadi. Davlat o`z vazifalarini bajarishi uchun ma`lum sarf-xarajatlar qilishiga to`g`ri keladi. Davlatning asosiy vazifasi-o`z xalqining, butun jamiyatning xavfsizligi, tinchligi, taraqqiyoti, moddiy-ma’naviy farovonligini ta’minlash bo`lib hisoblanadi. Davlatning bunday xizmatlari uchun haq to`lash kerak bo`ladi. Ana shunday haq soliq ko`rinishida to`lanadi