O`zi ishlab chiqargan mahsulotlarni exsport qiluvchi korxonalarning eksport ulushi sotishning umumiy hajmida:
a)15 foizdan 30 foizgacha bo`lganda
stavka 30 foizgapasaytiriladi
b)30 foiz va undan ortiq bo`lganda
stavka 50 foizga pasaytiriladi.
jadval
Yuridikshaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkalari Izohlar: 1.Me’yoriy muddatlarda o`rnatilmagan (foydalanilmagan) uskunalar uchun mol-mulk solig`i ikki barovar stavka bo`yicha undiriladi.
2.Me’yoriy muddatlarda tugallanmagan qurilish ob’yektlari va ishga
tushirilmagan asbob-uskunalar qiymatiga pasaytirilgan stavkalar qo`llanilmaydi
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq quyidagi tartibda
hisoblab chiqariladi.
1.Soliq solinadigan baza (Mssb), ya’ni mol-mulkning o`rtacha yillik qoldiq qiymati (Mo`yqq) aniqlanadi:
Mssb= Mo`yqq=(31.01 Mqq +28.02Mqq+……+30.11Mqq+31.12Mqq):12.
2.Mol-mulkning soliq solinadigan qiymati (Mssq) aniqlanadi.
Mssq=Mssb-Msmq
buyerda: Msmq-soliq solinmaydigan mol-mulk qiymati.
3.Mol-mulk solig`i summasi (Mss) hisoblanadi
Mss=(MssqxSs):100,
buyerda: Ss-mol-mulk solig`i stavkasi.
Soliq davri mobaynida soliq to`lovchilar har oyda joriy to`lovlarni to`laydilar. Joriy to`lovlar miqdorini hisoblab chiqarish uchun soliq to`lovchi soliq organiga belgilangan shakldagi ma’lumotnomani joriy yilning 20 yanvarigacha taqdim etadi. Byudjetga joriy to`lovlarni to`lash har oyning 25-kunidan kechiktirmay amalga oshiriladi. Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqning hisob-kitobi soliq organlariga ortib boruvchi yakun bilan yilning har choragida hisobot davridan keyingi oyning 25 kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo`yicha esa yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatda taqdim etiladi. To`lashi lozim bo`lgan soliq summasi hisob-kitoblarni topshirish uchun belgilangan kundan kechiktirmay byudjetga o`tkaziladi