2.1. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida xuquqiy tushunchalarni shakllantirishning ijtimoiy zarurati.
I.A.Karimov «O’zbekistonning siysiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari» asarida: «Huquqiy madaniyat darajasi faqatgina qonunlarni bilish, huquqiy ma’lumotlardan xabardor bo’lishdangina iborat emas. U qonunlarga amal qilishi va ularga bo’ysunish madaniyati demakdir.U odil sudni hurmat qilish, o’z haq-huquqlarini himoya qilish uchun sudga murojaat etish ehtiyoji demakdir. Huquqiy madaniyat degani turli majorolarni hal qilishda qonunga xilof kuchlardan foydalanishni rad etish demakdir»,-deb bildirgan fikri maktab o’quvchilarida huquqiy madaniyatni tarkib toptirishda amaliy ahamiyatga egadir. Ammo o’quvchilarda huquqiy madaniyat tezlikda tarkib topmaydi.
Buning uchun avvalo o’quvchilarda huquqiy tasavvur, tushuncha, bilim va yetarlicha ma’lumot tarkib topmog’i kerak. Boshlang’ich sinflarda ana shu maqsadning ilk bosqichi, ya’ni huquqiy tasavvur, tushuncha tarkib toptiriladi. Bu jarayon boshlang’ich sinflarda o’rganiladigan predmetlar negizida olib boriladi. Bu haqda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 4-yanvardagi «O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasini o’rganishni tashkil etish» to’g’risidagi farmoni asosida mamlakatimiz ta’lim tizimining barcha bosqichlarida O’zbekiston Konstitusiyasini o’rganish o’quv kursi joriy qilindi. (Karimov I.A. O’zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari. Toshkent «O’zbekiston», 1995-yil, 29-bet.) Farmoyishda asosan 2001-yil 1-sentyabrdan boshlab respublikamizda uzluksiz ta’lim tizimida bog’chadan to oliy ta’lim yuqori bosqichimagistraturagacha huquqiy bilimlarni o’rganish avvalombor Konstitusiyadan boshlanadi.
Barcha ta’lim turlari uchun bolalar va o’quvchilarning yosh 10 hususiyatlarini hisobga olgan holda, huquqiy ong va madaniyatni shakllantirishga qaratilgan. Konstitusiyani o’rganish bo’yicha dasturlar, darsliklar, adabiyotlar va metodik tavsiyalar yaratish kun tartibiga qo’yildi. Yuqoridagi vazifalardan kelib chiqib umumiy o’rta ta’limning boshlang’ich sinflarida 10 soatdan «Konstitusiya alifbosi» va 5-7 sinflarda «Konstitusiya olamiga sayohat»dan 14 soatlik darslar joriy etildi. Boshlang’ich sinflardan ona tili, atrof olamni muhofaza qilish va o’qish darslarini o’rganish tarkibida o’rganiladigan bo’ldi. Bunda ko’zda tutiladigan asosiy maqsad kichik o’quvchilarda huquqiy tasavvur, tushuncha va ilk ko’nikmalarni tarkib toptirishdir. Xalqimizda dunyo xalqlari tarixidan ma’lumki, har bir millat va elatdan faqat erkinliklarini qo’lga kiritgandan so’nggina ravnaq topganlar. Tarixda «Turon, Turkiston va Movaraunnuxr» nomi bilan mashhur bo’lgan Markaziy Osiyo, ayniqsa O’zbekiston hududida ming yillar davomida yuksak madaniyat gullab yashnadi, qudratli davlatlar mavjud bo’ldi. Ular insoniyat tarixida sezilarli iz qoldirdi»,-deb ta’kidlangan I.A.Karimov.
Haqiqatdan ham hozirgi O’zbekiston hududida avval juda katta qudratga ega bo’lgan davlat mavjud edi. Albatta bunday qudrat o’sha davlatning huquq sohasida o’ta rivojlanganligini isbotlab turibdi. Chunki adolat va huquq hukmron bo’lmagan davlat kuchli va qudratli davlat bo’la olmaydi. Buning haqiqiyligini Amir Temurning tuzuklari ham isbotlab turibdi. O’z zamonasida Mirzo Ulug’bek ham kishilarning huquqiy ongi yuksak bo’lishi haqidagi quyidagi fikri «Ilm ila o’z haq-huquqi sari intilish bandasi uchun farzdir va u hayot ekan, oni ado etmog’i zarur»,-degan fikri ham isbotlab turibdi. Insonning kamol topishida ilm bilan birga o’z haq-huquqini bilishi hamma zamonlarda asosiy hal etuvchi omil bo’lib kelgan va bundan keyin ham shunday bo’lib qoladi. Hozirgi davrda ana shu maqsadni umumiy o’rta ta’limning quyi bosqichi boshlang’ich sinf o’quvchilari zimmasiga yuklatildi. Buning uchun 11 o’qituvchilar huquqshunoslik fanini va O’zbekiston Konstitusiyasini nazariy-ilmiy asosda bilishi va o’z o’quvchilariga o’rgata olishi juda muhim. O’qituvchilar o’quvchilar ongida quyidagi tushunchani singdirishga erishmog’i darkor.
Qonunchilik-bu ijtimoiy hayotning alohida tartibi bo’lib, uning asosiy mohiyati qonunning mutloq hukmronlik qilishidadir. Yoshlarni huquqiy ijtimoiylashtirishimizda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 13-iyundagi «Yoshlarni huquqiy ta’limini takomillashtirishning kompleks dasturi» to’g’risidagi qarorining qabul qilinganligi bu asosida maktablar uchun «Huquqiy ta’lim» to’g’risida nizom ishlab chiqilgani ham ayni muddao bo’lib, yoshlikdan boshlab berilishi lozim. Bolalar maktabgacha tarbiya muassasalaridayoq xulq-atvor qoidalaridan xabardor bo’lishi, ma’naviy va ba’zi huquqiy me’yorlar to’g’risida boshlang’ich tushunchalar olishi, kelgusi o’quv yili davomida bu bilimlar kengaytirilishi va chuqurlashtirilishi aniq ifodalangan huquqiy hususiyat kasb etishi zarur.
Huquqiy ta’lim va huquqiy tarbiya ta’lim muassasalarida, umumta’lim maktablarida olib borilishini nazarda tutuvchi me’yoriy va o’quv uslubiy mezonlarini ishlab chiqish, tasdiqlash hamda yangi o’quv fanlarini joriy qilish demakdir. Huquqiy madaniyat asoslari haqida gap yuritmoqchi bo’lsak, respublikamizda iqtisodiyot, siyosat, davlat qurulishi, huquqiy tizim va jamiyatni ma’naviy o’rganish sohasida keng ko’lamli islohatlar o’tkazilmoqda. O’tkazilayotgan islohatlarning qonuniy zamini yaratildi. Ijtimoiy-siyosiy hayotning huquqiy asoslari mustahkamlanmoqda va takomillashmoqda. Shu munosabat bilan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 29- avgustdagi qarori bilan tasdiqlangan «Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi» matbuotda e’lon qilindi. Huquqiy madaniyat-umumiy madaniyatning ajralmas tarkibiy qismidir. Insonlar ongida shunday ishonch qaror topishi kerakki, huquqiy bilimlarga ega bo’lgan va bilimli deb hisoblanadi. Milliy dasturning maqsadi aholining barcha qatlamlari huquqiy savodxonlikka erishishlari, yuksak darajadagi huquqiy ongga ega bo’lishlari hamda huquqiy 12 bilimlarni kundalik hayotda qo’llay olishlari uchun huquqiy madaniyatni shakllantirishning keng qamrovli muntazam tizimini yaratishdan iboratdir. Huquqiy madaniyatni yuksaltirish
Milliy dasturi qanday vazifalarni ko’zda tutadi? Huquqiy ta’lim va tarbiya tizimini takomillashtirish; Barcha davlat organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolarning qonunga hamda huquqi hurmat munosabatda bo’lishga erishish; Aholining huquqiy savodxonligini oshirish; Fuqarolarning ijtimoiy huquqiy faolligini oshirish singari ustivor yo’nalishlarga erishishdan iboratdir. Mazkur milliy dastur fuqarolarning huquqiy ta’limi va huquqiy tarbiyasi yuridik organlar, bolalar muassasalari, boshlang’ich ta’lim, barcha turdagi maktab va oliy ta’lim qatlamlariga daxldor bo’lib, uni joylarda, ishlab, o’rganib chiqish va amaliyotga tadbiq etish davrimizning dolzarb vazifasidir. Xalqimizning huquqiy madaniyatini yuksaltirish davlat siyosati darajasida ko’tarilishi lozim.
Bu Prezidentimizning hayotiy kuzatishlari asosida kelib chiqqan xulosasi, dardi va talabidir. -Inson huquqlari eng avvalo, huquqiy madaniyat, huquqiy bilim, huquqiy ongga kelib taqaladi,-deya ta’kidlaydi prezidentimiz Islom Karimov. Prezidentimiz Islom Karimovning huquq to’g’risidagi ma’ruzalarida odamlarimiz ongida eskicha psixologiyani o’zgartirib, ularda yangicha huquqiy ongni shakllantirish, huquqiy madaniyatni yuksaltirish bugungi hayotimizning talabidir. Ana shundagina mamlakatimizga huquqiy demokratik jamiyat barpo etish mumkin bo’ladi. Yoshlarning qonunlarga moslashib borishi, huquqning o’zi nima? Huquqiy burch nima? Tushuntirish, yaxshini yomondan, halolni haromdan, pokni-nopokdan ajrata bilishga yordam berish zarur. O’z navbatida huquqiy bilimga ega bo’lgan inson huquqiy madaniyati shakllana boshlaydi.
Demak biz maktab o’quvchilarida huquqiy ongni shakllantirishga poydevor yaratishimiz kerak. Boshlang’ich maktabda esa shu vazifani ilk tushunchalarini tarkib toptirishga harakat qilishimiz lozim. Kishi qancha keng qamrovli huquqiy bilimga 13 ega bo’lgan sayin shu darajada madaniyatli bo’la boradi. Bu borada O’zbekiston Respublikasi milliy dasturida: «Ta’limning barcha darajalarida ta’lim oluvchilarning huquqiy ta’lim hamda tarbiyasini takomillashtirish»,-zarurligi alohida ta’kidlangan. Shuning uchun huquqiy ta’lim-tarbiyaning maqsadi har bir o’quvchiga amaliy faoliyatida zarur bo’ladigan huquqiy bilimlarni belgilangandavlat standartlaridan kam bo’lmagan hajmda olish imkoniyatlarini berishdan iboratdir. Huquqiy ta’lim maktabda maktabda uzluksiz ravishda olib boriladi.
Dostları ilə paylaş: |