10 chi Davlat ramzlar boshlang`ich sinf o`quvchilariga xuquqiy tarbiya
1-modda: Ushbu konvensiyani maqsadlari uchun 18 yoshga to’lmagan har bir inson, agar bolaga nisbatan qo’llaniladiga qonun bo’yicha u bola hisoblanadi.
2-modda: Ishtirokchi davlatlar ushbu Konvensiyada o’z ta’sir doirasida bo’lgan har bir bola uchun ko’zda tutilgan barcha huquqlarni hech qanday kamsitishlarsiz, irqi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoki boshqa e’tiqodlari, milliy etnik yoki ijtimoiy kelib chiqishi, bolaning sog’ligi va tug’ilishi, uning ota-onasi yoki qonuniy vasiysi va biron bir boshqa holatlarda qat’iy nazar hurmat qiladilar hamda shu huquqlarni ta’minlab beradilar.
3-modda: Bolalarga nisbatan barcha xatti-harakatlarda, ular ijtimoiy ta’minot masalalari bilan shug’ullanuvchi davlat yoki xususiy muassasalar, sudlar ma’muriy yoki qonun chiqaruvchi organlar tomonidan sodit etiladimi, yo’qmi, bunda bolaning manfaatlariyaxshiroq ta’minlanishiga birinchi darajali e’tibor beriladi.