Davlat ta’lim standarti matematika


Boshlang‘ich ta’limda matematikadan o‘qitilishi lozim bo‘lgan ta’lim mazmunining majburiy minimumi



Yüklə 31,86 Kb.
səhifə2/12
tarix02.01.2022
ölçüsü31,86 Kb.
#47799
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
DAVLAT TA’LIM STANDARTI MATEMATIKA

2. Boshlang‘ich ta’limda matematikadan o‘qitilishi lozim bo‘lgan ta’lim mazmunining majburiy minimumi

Mazkur mazvularni o‘zlashtirish boshlang‘ich ta’lim bitiruvchisiga quyidagi imkoniyatlarni beradi:

Sonlar va hisoblashlar:

  • Narsalarni sanash. 1 dan 1 000 000 gacha ketma-ket kelgan sonlar qatori va nol soni, ularning nomi va yozilishi. Sinflar va xona birliklari.



  • Sonlar uchun “teng” , “katta” va “kichik” munosabatlari va ularning mos belgilar bilan yozilishi;



  • Sonlarni qo‘shish va ayirish amallari va ularga mos belgilar;



  • Qo‘shish jadvali, “... Ta ortiq”, “... Ta kam” munosabatlari;



  • Sonlarni ko‘paytirish va bo‘lish amali hamda ularga mos belgilar.



  • Ko‘paytirish (karra) jadvali. “... Marta ortiq” va “... Marta kam”. Qoldiqli bo‘lish;



  • Nol ustida amallar;



  • Sonli ifodalarda amallarni bajarish tartibi. Qavs qatnashgan va qavs qatnashmagan sonli ifodalarning qiymatini topish;



  • Qo‘shishda qo‘shiluvchilar o‘rnini almashtirish. Ko‘paytirishda ko‘paytuvchilar o‘rnini almashtirish;



  • Qo‘shishda qo‘shiluvchilarni guruhlash. Ko‘paytirishda ko‘paytuvchilarni guruhlash. Yig‘indini songa va sonni yig‘indiga ko‘paytirish. Yig‘indini songa bo‘lish.



  • Sonlar ustida og‘zaki va yozma hisoblashlar. Hisoblashlarni bajarishda arifmetik amallarning xossalaridan foydalanish. Arifmetik amallarning noma’lum ikkinchi komponenti (tashkil etuvchisi)ni topish. Hisoblashlarning to‘g‘riligini tekshirish;



  • Sodda tenglamalar va ularning yechimi. Tenglamalarni yechish;



  • Uzunlik, massa va sig‘im kabi xususiyatlariga ko‘ra narsalarni taqqoslash va tartibga solish; uzunlik o‘lchov birliklari (millimetr, santimetr, ditsemetr, metr, kilometr). Massa o‘lchov birliklari (gramm, kilogramm, sentner, tonna). Sig‘im o‘lchov birligi (litr). Vaqt o‘lchov birliklari (sekund, minut, soat, hafta, oy, yil, asr);



  • Harakat (bosib o‘tilgan yo‘l, vaqt, tezlik); ish (butun ishning hajmi, vaqt, mehnat unumdorligi); savdo-sotiq (tovar miqdori, uning narxi va umumiy qiymati) jarayonlarini aniqlaydigan kattaliklar orasidagi bog‘lanishlar;



  • “…va…”, “... Yoki...”, “agar… bo‘lsa, u holda … bo‘ladi” ko‘rinishidagi eng sodda mantiqiy ifodalar;



  • Turli sxemalar, jadvallar, qisqa yozuvlar va boshqa modellar asosida berilgan matnli masalalarni arifmetik usul bilan echish;



Fazoviy joylashishga doir munosabatlar.

  • yuqori – past, chap – o‘ng, usti – osti, yaqin – uzoq, oldida – orqasida, oldin-keyin, orasida va h.k. fazoviy munosabatlar;



Geometrik shaklllar

  • geometrik shakllar: nuqta, to‘g‘ri chiziq, kesma, burchak, ko‘pburchaklar, uchburchak, to‘g‘ri to‘rtburchaklar. aylana va doira, kub va shar. kesma uzunligini o‘lchash va berilgan uzunlikdagi kesmani yasash.



  • ko‘pburchak perimetrini hisoblash. geometrik shakl yuzi. yuz o‘lchov birliklari (santimetr kvadrat, ditsemetr kvadrat, metr kvadrat). to‘g‘ri to‘rtburchak yuzini hisoblash.



Yüklə 31,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin