O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari: Kommunikativ kompetentsiyalar: A2 o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda, mantiqiy izchillikda, to‘g‘ri, aniq va ravshan ifodalay olish;
biror mavzuga oid savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va ularga javob bera olish;
matematikaga oid ta’rif, masala, qoida, algoritm va bildirilgan fikrlarni tushunish hamda ularga nisbatan o‘z munosabatini bildira olish;
hamrohi va jamoa bilan muloqotga kirisha olish hamda hamkorlikda ishlay olish.
A2+ muammo va masalalar yechimini matematik nuqtai nazardan to‘g‘ri sharhlay olish.
Axborot bilan ishlash kompetentsiyalari: A2 hayotiy vaziyatlarga oid muammo, matnli masalalarni sonlar va matematik belgilar yordamida jadval, sxema, chizma, diagramma, formula va tenglama ko‘rinishlarida tasvirlay olish, modelini tuza olish va bir ko‘rinishdan ikkinchisiga o‘tkaza olish;
ma’lumotnomalar, kitob, elektron resurslar va boshqa manbalardan kerakli ma’lumotlarni izlab topa olish;
turli axborot vositalaridan yoki o‘zgalardan eshitgan, o‘qigan yoki ko‘rgan sonli axborotlar, sxema, jadval, ustunli, chiziqli, doiraviy diagrammalar va boshqa ko‘rinishlarda berilgan ma’lumotlarni tushunish, tahlil qila olish va taqqoslay olish.
A2+ dars mavzusiga doir materiallarni turli manbalarni mustaqil izlab topish;
diagramma, jadval, chizma ko‘rinishida berilgan ma’lumotlarni o‘qiy olish;
berilgan sonli ma’lumotlarning o‘rtachasini baholay olish va chamalash.