Kognitiv (o‘qib o‘rganish va ijodiy fikrlash) kompetentsiyalar: A2 natural son tushunchasini ongli ravishda o‘zlashtirish hamda hayotiy masalalarga tatbiq eta olish;
sodda kundalik vaziyatlarda o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni qullay olish.
daryoda suzishga doir, amaliy tadbiqqa doir masalalarni ajratish va ularni yechish usullarini o‘zlashtirish;
o‘zlashtirilgan bilim va ko‘nikmalarni o‘xshash vaziyatlarga qo‘llay olish.
A2+ o‘zlashtirilgan bilim va ko‘nikmalarni notanish vaziyatlarga qo‘llay olish.
o‘z oldiga o‘quv maqsadlarini qo‘ya olish, uni tarkibiy qismlarga ajrata olish, ularga erishish rejasini tuzish va uni amalga oshirish, faoliyat natijalarini tahlil qilish va baholay olish, yechimga tuzatishlar kiritish, xatolarni to‘g‘rilash hamda o‘zgalarga tushunarli holda taqdim qila olish;
dastlabki fazoviy tasavvur ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
o‘qishga va yangi bilimlarni mustaqil o‘rganishga intilish.
V BOB. ODDIY KASRLAR (23 soat, A2+:7soat) 66-mavzu: Aylana va doira (1 soat) 67-68-mavzular: Ulushlar. Ulushlarga doir matnli masalalar. Oddiy kasrlar haqida tushuncha (2 soat) 69-70-mavzular: Kasrlarni taqqoslash (2 soat). 71-72-mavzular:To‘g‘ri va noto‘g‘ri kasrlar (2 soat) 73-74-mavzular: Bir xil maxrajli kasrlarni qo‘shish va ayirish (2 soat) Nazorat ishi (1 soat ). Хаtolar ustida ishlash. Маsala va testlarni yechish (1 soat). 75-76-mavzular: Bo‘lish amali va kasrlar (2 soat). 77-78-mavzular: Aralash sonlar (2 soat). 79-81-mavzular: Aralash sonlarni qo‘shish va ayirish (3 soat) 82-84-mavzular: Amaliy mashq va tatbiq. Bo‘laklarga doir masalalar. Birgalikda ish bajarishga doir masalalar. Hovuz va quvurlarga doir masalalar (3 soat) A2+: To‘plam va uning qismlarini tasavvur qilish. To‘plamlar ustida amallarni bajara olish. To‘plamlar nazariyasidan foydalanib yechiladigan sodda masalalarni yechish . (3 soat)