Nazorat ishi (1 soat). Хаtolar ustida ishlash. Маsala va testlarni yechish (1 soat).
Matematika mazmuniga oid umumiy kompetentsiyalar:
A2 natural sonlarni ustun shaklida ko‘paytirish, ko‘paytirish amali xossalarini masalalar yechishda qo‘llashni bilish.
natural sonlarni burchak qoidasi bo‘yicha bo‘lish, bo‘lish amali xossalarini masalalar yechishda qo‘llashni bilish.
natural sonlarni qoldiqli bo‘lish, bo‘linuvchini qoldiqli bo‘lishning boshqa komponentlari orqali ifodalay olish.
ko‘paytirishning qo‘shish va ayirishga nisbatan taqsimot qonunlaridan ifodalarni soddalashtirishda foydalanish, ko‘paytirish amali xossalarini masalalar yechishda qo‘llay olish.
natural sonlar ustida to‘rt amalga doir masalalar yechish, faqat bitta bosqich, xar ikkala bosqich, qavsli va qavssizamallarni bajara olish, sonli ifodaning qiymatini hisoblash algoritmiga ko‘ra topa olish.
sonning kvadrati va kubini hisoblaydi, daraja qatnashgan sonli ifodalarning qiymatini topa olish.
A2+ yozma va og‘zaki hisoblashlarning tezkor usullari ni bilish, amallar natijasini chamalash va turli qiziqarli masalalarni yecha oladi;
real borliqdagi, boshqa fanlardagi sodda hodisalarning natural sonlarni qo‘shish va ayirish amallarni ifodalovchi harfiy ifodalar yordamida matematik modellarini tuza olish hamda tahlil qila olish.
Kognitiv (o‘qib o‘rganish va ijodiy fikrlash) kompetentsiyalar: A2 natural son tushunchasini ongli ravishda o‘zlashtirish hamda hayotiy masalalarga tatbiq eta olish;
masala yechishning tenglashtirish va faraz qilish usulini o‘zlashtirish;
sodda kundalik vaziyatlarda o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni qullay olish.
eng sodda kombinatorika masalalari va harakatga oid masalalarni ajratish hamda ularni yechish usullarini o‘zlashtirish
o‘zlashtirilgan bilim va ko‘nikmalarni o‘xshash vaziyatlarga qo‘llay olish.
A2+ o‘zlashtirilgan bilim va ko‘nikmalarni notanish vaziyatlarga qo‘llay olish.
dastlabki mantiqiy fikrlash ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
o‘qishga va yangi bilimlarni mustaqil o‘rganishga intilish.