Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi: A2 aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy rejalarni tuza olish;
hisoblash vositalaridan va tayyor kompyuter dasturlaridan foydalana olish.
A2+ hisoblash vositalaridan va tayyor kompyuter dasturlaridan foydalana olish.
5-sinfda o‘tilganlarni takrorlash. (5 soat)
I BOB. SONLARNING BO‘LINISH BELGILARI (19 soat, А2+:16 soat)
1-2-mavzular: Sonning bo‘luvchilari va karralilari. (2 soat) 3-5-mavzular: Sonlarning 10 ga, 5 ga va 2 ga bo‘linish belgilari. (3 soat) 6-7-mavzular: Sonlarning 9 ga va 3 ga bo‘linish belgilari. (2 soat) А2+:Sonlarning bo’linish munosabatiga doir nostandart masalalar (8 soat). А2+: Аrifmetik amallarga oid qiziqarli masalalar (6 soat). Назорат иши (1 соат,А2+: 1 soat). Хатолар устида ишлаш. Масала ва тестларни ечиш (1 соат,А2+: 1 soat) 8-mavzu: Tub va murakkab sonlar. (1 soat) 9-11-mavzular: Natural sonlarni tub ko‘paytuvchilarga ajratish. (3 soat) 12-13-mavzular:Eng katta umumiy bo‘luvchi. O‘zaro tub sonlar. (2 soat) 14-15-mavzular: Eng kichik umumiy karrali (bo‘linuvchi). (2 soat) Nazorat ishi. (1 soat) Xatolar ustida ishlash. Masala va testlarni yechish. (1 soat)
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar elementlari: Matematika mazmuniga oid umumiy kompetensiya: A2 o‘rganilgan matematik tushunchalarni va qoidalarni tushuntirib bera oladi, tegishli misollar keltira oladi;
sonlarning bo‘luvchilarini va karralilarini topa oladi va ularga oid o‘quv masalalar yecha oladi;
2, 3, 5, 9, 10 ga bo‘linish belgilarini qo‘llay oladi;
o‘rganilgan matematik tushunchalarni va qoidalarni tushuntirib bera oladi, tegishli misollar keltira oladi;
10000 dan katta bo‘lmagan sonlarni tub ko‘paytuvchilarga ajrata oladi; berilgan chegaralarda murakkab sonlarni, tegishli songa karrali sonlarni aniqlay oladi;
ikki sonning eng katta umumiy bo‘luvchisini va eng kichik umumiy karrali (bo‘linuvchi)ni topa oladi;
100 gacha tub sonlarni aniqlay oladi.
A2+ bobga doir murakkabroq masalalar yecha oladi, sodda tasdiqlarni isbotlay oladi.
o‘rganilgan matematik tushunchalarni va qoidalarni tushuntirib bera oladi, tegishli qiziqarli misollar keltira oladi.