Kognitiv kompetensiya (shaxsning mustaqil ijodiy fikrlashi): A2 o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni notanish vaziyatlarda qo‘llay oladi va yangi bilimlar hosil qila oladi;
o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni sodda kundalik vaziyatlarda qo‘llay oladi.
A2+ o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni murakkabroq vaziyatlarda qo‘llay oladi.
X BOB. GEOMETRIK MATERIAL (19 soat, А2+:18 soat)
113-115-mavzular: Uchburchak, uning perimetri va turlari. (3 soat) 116-119-mavzular: Uchburchakning yuzi. (4 soat) Nazorat ishi. (1 soat) Xatolar ustida ishlash. Masala va testlarni yechish. (1 soat) 120-121-mavzular: Katakli qog‘ozda yuzlarni hisoblash. (2 soat) 122-124-mavzular: Katakli qog‘ozda yuzlarni hisoblashga oid sodda masalalar. Amaliy-tajriba va sinov mashqlari. (3 soat) 125-127-mavzular: Aylana uzunligi va doira yuzi. (3 soat) А2+:Кo’pburchaklar va ko’pyoqlilarga oid qiziqarli masalalar (6 soat). А2+: Yuzga oid qiziqarli masalalar (6 soat). А2+:Каtakli qog’oz geometriyasi (4 soat). Nazorat ishi (1 soat, А2+: 1 soat). Хаtolar ustida ishlash, masalalar yechish (1 соат, А2+: 1 soat).
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar elementlari: Matematika mazmuniga oid umumiy kompetensiya: A2 o‘rganilgan matematik tushunchalarni va qoidalarni tushuntirib bera oladi, tegishli misollar keltira oladi;
uchburchakka qarab, uning turini (to‘g‘ri burchakli, o‘tkir burchakli, o‘tmas burchakli, teng yonli, muntazam) tasavvur qila oladi;
uchburchak perimetrini va yuzini hisoblay oladi;
Pik formulasini tushuntirib bera oladi, tegishli misollar keltira oladi;
katakli qog‘ozda murakkab bo‘lmagan ko‘pburchakli shakllar yuzini hisoblay oladi;
aylana uzunligi va doira yuziga oid sodda geometrik masalalarni yecha oladi.
A2+ bobga doir murakkabroq masalalar yecha oladi, sodda tasdiqlarni isbotlay oladi.
murakkab bo‘lmagan geometrik figuralarga qiziqarli masalalarni yecha oladi.