O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: A2 o‘quv masalasini (maqsadini) topa olish va ifodalay olish;
matematikaga xos bo‘lgan abstrakt va aniq mulohaza yurita olish;
isbotlangan va isbotlanmagan tasdiqlarni farqlay olish, o‘z fikrini dalillay olish;
o‘quv masalasini qismlarga ajrata olish;
masala yechimiga yaqinlashish darajasini baholay olish va zarur hollarda o‘z faoliyatini to‘g‘irlay olish;
o‘quv faoliyat natijasini tahlil qila olish;
yo‘l qo‘yilgan xato va noaniqliklarni topa olish, ularni tuzata olish;
olingan natijalarni boshqalar foydalanishi uchun oson ko‘rinishda taqdim eta olish;
qabul qilingan mezonlarga asosan o‘z faoliyati samarasiga baho bera olish, ko‘zlagan maqsadga intila olish;
hususiy misollar va kuzatishlar tahlili asosida obyektlar va jarayonlar umumiy hossalarini va qonuniyatlarini topa olish, gipotezalarni taklif eta olish va uni tekshirish zarurligini tushuna olish;
mavjud bilim va ko‘nikmalarni yangi, nostandart vaziyatga qo‘llay olish;
real dunyodagi, ijtimoiy hayotdagi vaziyatlarga nisbatan o‘zining ijobiy estetik-emotsional munosabatini shakllantira olish;
o‘qishga va yangi bilimlarni egallashga qiziqa olish.
A2+ o‘z-o‘zini ruhiy, intellektual rivojlantira olish, matematikani mustaqil o‘qib-o‘rgana olish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholay olish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: A2 turli nuqtai nazarlarni qabul qila olish va solishtira olish;
guruhda ishlash faoliyatini tashkil etish;
boshqalar fikrini tinglab, tushuna olish va uni tanqid qila olish;
atrofdagilar bilan o‘zaro muloqot chog‘ida odob-axloq qoidalariga rioya qila olish;
tushunmovchiliklar ro‘y bergan paytlarda o‘zining tutishi to‘g‘risida to‘g‘ri qaror qabul qila olish;
guruhda ishlash paytida turli maxsus rollarni ijro eta olish.
A2+ umumiy muammoni yechish uchun guruh faoliyatini loyihalashtira olish.