O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar elementlari: Matematika mazmuniga oid umumiy kompetensiya: A2 o‘rganilgan matematik tushunchalarni va qoidalarni tushuntirib bera oladi, tegishli misollar keltira oladi;
shakldagi tenglamalar yechimlari haqida fikr yurita oladi;
A2+ o‘rganilgan matematik tushunchalarni va qoidalarni tushuntirib bera oladi, tegishli qiziqarli misollar keltira oladi;
bobga doir murakkabroq masalalar yecha oladi, sodda tasdiqlarni isbotlay oladi.
Kognitiv kompetensiya (shaxsning mustaqil ijodiy fikrlashi): A2 o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni notanish vaziyatlarda qo‘llay oladi va yangi bilimlar hosil qila oladi;
o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni sodda kundalik vaziyatlarda qo‘llay oladi.
A2+ o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni murakkabroq vaziyatlarda qo‘llay oladi.
IX BOB. MA’LUMOTLAR (12 soat)
103-104-mavzular: Jadvallar. (2 soat) 105-106-mavzular: Diagrammalar. (2 soat) 107-108-mavzular: Ma’lumotlar tahlili. Amaliy-tajriba va sinov mashqlari. (2 soat) 109-110-mavzular: Kombinatorika elementlari. (2 soat) 111-112-mavzular: Sodda kombinator qoidalar ( jamlash va ko‘paytirish)ga oid amaliy masalalarni yechish. (2 soat) Nazorat ishi. (1 soat) Xatolar ustida ishlash. Masala va testlarni yechish. (1 soat)
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar elementlari: Matematika mazmuniga oid umumiy kompetensiya: A2 o‘rganilgan matematik tushunchalarni va qoidalarni tushuntirib bera oladi, tegishli misollar keltira oladi;
sodda amaliy holatlarda ma’lumotlarni to‘play olish, ularni ustunli diagrammalar ko‘rinishda ifodalay oladi;
sodda amaliy holatlarda ma’lumotlar qatorining sonli xarakteristikalarini (moda, mediana, o‘rta qiymat) topa oladi, ular bo‘yicha sodda xulosalar chiqara oladi;
sodda kombinator qoidalar (jumladan, jamlash va ko‘paytirish)ga oid sodda masalalarni yecha oladi.
A2+ bobga doir murakkabroq masalalar yecha oladi, sodda tasdiqlarni isbotlay oladi.