V BOB. MUSBAT VA MANFIY SONLAR. BUTUN SONLAR (12 soat)
68-70-mavzular: Musbat va manfiy sonlar. Butun sonlar haqida tushuncha. (3 soat) 71-72-mavzular: Koordinata to‘g‘ri chizig‘i. Musbat va manfiy sonlarni son o‘qida tasvirlash. (2 soat) 73-75-mavzular: Qarama-qarshi sonlar. Sonning moduli. (3 soat) 76-77-mavzular:Sonlarni taqqoslash. Miqdorlarning o‘zgarishi. (2 soat) Nazorat ishi. (1 soat) Xatolar ustida ishlash. Masala va testlarni yechish. (1 soat)
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar elementlari: Matematika mazmuniga oid umumiy kompetensiya: A2 o‘rganilgan matematik tushunchalarni va qoidalarni tushuntirib bera oladi, tegishli misollar keltira oladi;
butun sonlarni o‘qiy oladi, yoza oladi, taqqoslay oladi, tartibga sola oladi, koordinata o‘qida, turli ko‘rinishlarda va modellarda tasvirlay oladi;
berilgan songa qarama-qarshi sonni, sonning modulini topa oladi, turli ko‘rinishlarda va modellarda tasvirlay oladi.
A2+ bobga doir murakkabroq masalalar yecha oladi, sodda tasdiqlarni isbotlay oladi.
Kognitiv kompetensiya (shaxsning mustaqil ijodiy fikrlashi): A2 o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni notanish vaziyatlarda qo‘llay oladi va yangi bilimlar hosil qila oladi;
o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni sodda kundalik vaziyatlarda qo‘llay oladi.
A2+ o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni murakkabroq vaziyatlarda qo‘llay oladi.
VI BOB. MUSBAT VA MANFIY SONLARNI QO‘SHISH VA AYIRISH (12 soat, А2+:4 soat)
78-79- mavzular: Koordinata o‘qi yordamida sonlarni qo‘shish va ayirish. (2 soat) 80-82-mavzular: Manfiy ishorali sonlarni qo‘shish. (3 soat)