O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar elementlari: Matematika mazmuniga oid umumiy kompetensiya: A2 o‘rganilgan matematik tushunchalarni va qoidalarni tushuntirib bera oladi, tegishli misollar keltira oladi;
butun sonlar ustida ko‘paytirish va bo‘lish amallarini bajara oladi, koordinata o‘qida va modellarda tasvirlay oladi;
ratsional sonlarni o‘qiy oladi, yoza oladi, taqqoslay oladi, tartibga sola oladi, koordinata o‘qida, turli ko‘rinishlarda va modellarda tasvirlay oladi;
ratsional sonlar ustida amallar xossalarini o‘quv masalalarda qo‘llay oladi;
sodda hollarda natural sonlar darajalarini, qiymati ratsional son bo‘lgan kvadrat ildizlarini hisoblashni bajara oladi;
davriy va oddiy kasrni bir-biriga o‘tkaza oladi.
A2+ bobga doir murakkabroq masalalar yecha oladi, sodda tasdiqlarni isbotlay oladi.
Kognitiv kompetensiya (shaxsning mustaqil ijodiy fikrlashi)
A2 o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni notanish vaziyatlarda qo‘llay oladi va yangi bilimlar hosil qila oladi;
o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni sodda kundalik vaziyatlarda qo‘llay oladi.
A2+ o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni murakkabroq vaziyatlarda qo‘llay oladi.
VIII BOB. TENGLAMALARNI YECHISH (8 soat, А2+: 14 soat)
97-98-mavzular: Qavslarni ochish qoidasi.Koeffitsient.(2 soat) А2+: Sonli va harfiy ifodalarga oid misollar (6 soat). 99-100-mavzular: Bir noma’lumli butun koeffitsientli chiziqli tenglamalarni yechish. (2 soat) 101-102-mavzular: Sodda hollarda bir noma’lumli kasr koeffitsientli chiziqli tenglamalarni yechish. (2 soat) А2+: Iqtisodiy munosabatlarga, tejamkorlikka oid mantiqiy masalalar (6 soat). Назорат иши (1 соат (А2+: 1 soat)). Хатолар устида ишлаш. Масала ва тестларни ечиш (1 соат (А2+: 1 soat)).