O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar elementlari: Matematika mazmuniga oid umumiy kompetensiya: A2 o‘rganilgan matematik tushunchalarni va qoidalarni tushuntirib bera oladi, tegishli misollar keltira oladi;
chiziqli tenglamaga olib kelinadigan shakldagi tenglamalarni aniq hamda shakldagi tenglamalarni hisoblash vositalari yordamida yecha oladi.
A2+ bobga doir murakkabroq masalalar yecha oladi, sodda tasdiqlarni isbotlay oladi, graflarga oid masalalarni yecha oladi.
Kognitiv kompetensiya (shaxsning mustaqil ijodiy fikrlashi): A2 o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni notanish vaziyatlarda qo‘llay oladi va yangi bilimlar hosil qila oladi;
o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni sodda kundalik vaziyatlarda qo‘llay oladi.
A2+ o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni murakkabroq vaziyatlarda qo‘llay oladi.
III BOB. BIRHADLAR VA KO‘PHADLAR (23 soat, А2+:10 soat)
17-19-mavzular: Natural ko‘rsatkichli daraja. Natural ko‘rsatkichli darajaning xossalari. (3 soat) 20-21-mavzular: Birhad va uning standart shakli. Sonning standart shakli.(2 soat) 22-23-mavzular: Birhadlarni ko‘paytirish. (2 soat) Nazorat ishi. (1 soat) Xatolar ustida ishlash. Masala va testlarni yechish. (1 soat) 24-26-mavzular: Ko‘phadlar. O‘xshash hadlarni ixchamlash. (3 soat) 27-29-mavzular: Ko‘phadlarni qo‘shish va ayirish. (3 soat) 30-31-mavzular: Ko‘phadni birhadga ko‘paytirish. (2 soat) 32-33-mavzular: Ko‘phadni ko‘phadga ko‘paytirish. (2 soat) 34-35-mavzular: Birhad va ko‘phadni birhadga bo‘lish. (2 soat) А2+:Quyonlar soni haqidagi masala. Dirixle prinsipi va uning umumlashgani (2 soat).