Matematika mazmuniga oid umumiy kompetentsiyalar: A2 O‘nli kasrni natural songa, 10, 100, 1000 va hokazo sonlarga ko‘paytirishni bajara olish.
Masalalar yechishda o‘nli kasrni natural songa bo‘lishni qo‘llay olish.
O‘nli kasrlarni ko‘paytirishni bajara olish.
Amaliy tadbiqqa doir masalalarni chamalab yecha olish.
O‘nli kasrlar ustida bo‘lish amalini bajara olish.
Bir nechta sonlarning o‘rta arifmetigini, o‘rtacha tezlikni, o‘rtacha hosildorlik va o‘rtacha mahsuldorlikni bilish va amalda qo‘llay olish.
Sonlar qatorining modasi va medianasiga, amaliy tadbiqqa, oilada tejamkorlikka doir masalalarni yecha olish.
A2+ Uy xo‘jaligida tejamkor faoliyat yurita olishning dastlabki ko‘nikmalariga ega bo‘lish
Turli davlatlar pul birliklari kursi haqida tushunchaga ega bo‘lish.
Kognitiv (o‘qib o‘rganish va ijodiy fikrlash) kompetentsiyalar: A2 O‘nli kasr tushunchasini ongli ravishda o‘zlashtirish hamda hayotiy masalalarga tatbiq eta olish;
sodda kundalik vaziyatlarda o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni qullay olish.
Bir nechta sonlarning o‘rta arifmetigini, o‘rtacha tezlikni, o‘rtacha hosildorlik va o‘rtacha mahsuldorlikni topish usullarini o‘zlashtirish;
Sonlar qatorining modasi va medianasiga, amaliy tadbiqqa, oilada tejamkorlikka doir masalalarni yechish usullarini o‘zlashtirish;
o‘zlashtirilgan bilim va ko‘nikmalarni o‘xshash vaziyatlarga qo‘llay olish.
A2+ o‘zlashtirilgan bilim va ko‘nikmalarni notanish vaziyatlarga qo‘llay olish.
o‘z oldiga o‘quv maqsadlarini qo‘ya olish, uni tarkibiy qismlarga ajrata olish, ularga erishish rejasini tuzish va uni amalga oshirish, faoliyat natijalarini tahlil qilish va baholay olish, yechimga tuzatishlar kiritish, xatolarni to‘g‘rilash hamda o‘zgalarga tushunarli holda taqdim qila olish;
o‘qishga va yangi bilimlarni mustaqil o‘rganishga intilish.