A2+ matematikaga oid atamalarning ma’nosini tushuntira oladi.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: A2 tavsiya etilgan mediamanbalardan axborotni izlab topish;
diagrammalar, jadvallar, chizmalar ko‘rinishida berilgan axborotlarni o‘qiy olish;
berilgan sonli ma’lumotlarning o‘rtachasini topa olish.
A2+ mediamanbalardan mustaqil ravishda axborotni izlab topish;
mediamanbalardagi diagrammalar, jadvallar, chizmalar ko‘rinishida berilgan axborotlarni o‘qiy olish;
berilgan sonli ma’lumotlarning o‘rtachasini baholay olish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: A2 o‘qituvchi bilan birgalikda o‘quv masalasini (maqsadini) ifodalay olish;
o‘qituvchi bilan birgalikda isbotlangan va isbotlanmagan sodda tasdiqlarni farqlay olish;
sodda o‘quv masalasini qismlarga ajrata olish;
o‘qituvchi bilan birgalikda yo‘l qo‘yilgan xato va noaniqliklarni topib, ularni tuzata olish;
o‘qishga va yangi bilimlarni egallashga qiziqish.
A2+
mustaqil ravishda sodda yo‘l qo‘yilgan xato va noaniqliklarni topib, ularni tuzata olish;
yangi bilimlarni egallash.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: A2 atrofdagilar bilan o‘zaro muloqot chog‘ida odob-axloq qoidalariga rioya qila olish va guruhda ishlay olish;
guruhda ishlash paytida turli rollarni ijro eta olish.
A2+
guruhda ishlash paytida lider rolini ijro eta olish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya: A2 matematikaning kundalik turmushdagi ahamiyatini tushuna olish;
sodda real hodisalarni matematik tilda ifodalash usullaridan foydalana olish;
zaminimizda yashab o‘tgan buyuk allomalarimizning matematikaga qo‘shgan hissalarini tasvirlab bera olish.
A2+
matematikaning kundalik turmushdagi ahamiyatini tushuntira olish;
sodda real hodisalarni ifodalashda matematik tilning mohiyatini tushuntira olish.