17-18-mavzular: To‘g‘ri to‘rtburchak yuzi. Parallelogrammning yuzi. (2 soat) 19-20-mavzular: Uchburchak yuzi. (2 soat) Nazorat ishi. (1 soat) Xatolar ustida ishlash. Masala va testlarni yechish. (1 soat) 21-22-mavzular:Romb va trapesiyaning yuzi. (2 soat) 23-264mavzular: Pifagor to‘g‘ri va teskari teoremalari. (2 soat) 25--mavzular: Pifagor teoremasining tatbiqlari. (1 soat) 26-mavzu: Amaliy-tajriba va sinov mashqlari. (1 soat) А2+: Yuzga doir murakkabroq masalalar (4 soat).
А2+: Pifagor teoremasining to’g’ri burchagi mavjud bo’lgan shakllar kattaliklarini hisoblashga tadbiqlari (4 soat).
Nazorat ishi (1 soat, А2+: 1 soat). Хаtolar ustida ishlash. Маsala va testlarni yechish (1 soat, А2+: 1 soat).
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar elementlari: Matematika mazmuniga oid umumiy kompetensiya:
A2 o‘rganilgan geometrik tushunchalarni va faktlarni tushuntirib bera oladi, tegishli misollar keltira oladi;
Pifagor teoremasini to‘g‘ri burchak ishtirok etgan geometrik figuralarga oid masalalar yecha oladi;
uchburchak, to‘g‘ri to‘rtburchak, parallelogramm, trapesiya, romb yuzini aniq va taqribiy hisoblay oladi.
A2+ bobga doir murakkabroq masalalar yecha oladi, sodda tasdiqlarni isbotlay oladi.
Kognitiv kompetensiya (shaxsning mustaqil ijodiy fikrlashi): A2 o‘rganilgan geometrik tushunchalar, faktlar va metodlarini notanish vaziyatlarda qo‘llay oladi va yangi bilimlar hosil qila oladi;
o‘rganilgan geometrik tushunchalar, faktlar va metodlarini sodda kundalik vaziyatlarda qo‘llay oladi.
tekislikdagi geometrik figuralarning xossalariga doir masalalarni yecha oladi, sodda tasdiqlarni isbotlay oladi.