Davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi


Kognitiv kompetensiya (shaxsning mustaqil ijodiy fikrlashi)



Yüklə 461,42 Kb.
səhifə67/89
tarix08.06.2022
ölçüsü461,42 Kb.
#60941
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   89
Matemetika fani talim standarti

Kognitiv kompetensiya (shaxsning mustaqil ijodiy fikrlashi):
A2
o‘rganilgan geometrik tushunchalar, faktlar va metodlarini notanish vaziyatlarda qo‘llay oladi va yangi bilimlar hosil qila oladi;
o‘rganilgan geometrik tushunchalar, faktlar va metodlarini sodda kundalik vaziyatlarda qo‘llay oladi.
A2+
o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni murakkabroq vaziyatlarda qo‘llay oladi.
Takrorlash. (4 soat)
Mavzularni o‘rganish uchun - 49 soat (A2+: 79 soat)
Nazorat ishlari uchun - 6 soat (A2+: 8 soat)
Xatolar ustida ishlash uchun - 6 soat (A2+: 8 soat)
Takrorlash uchun - 4 soat (A2+: 7 soat)
Jami - 68 soat (A2+: 102 soat)


9-SINF
ALGEBRA
(102 soat, haftasiga 2 soat, A2+: 34 soat, haftasiga 1 soat)


O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari:
Kommunikativ kompetensiya:
A2
matematikaga oid atamalarning ma’nosini tushunib, to‘g‘ri o‘qiy olish;
so‘z va gaplarni bog‘lagan holda o‘z fikrini aniq va ravshan ifodalay olish;
fikrni mantiqiy izchillikda ifodalay olish;
matematikaga oid audiomatnni tinglab, video tasvirlarni ko‘rib tushunish, tegishli munosabat bildira olish;
matematik matn ma’nosini qayta so‘zlab bera olish, matematik qoidalarni yoddan ifodali ayta olish.
A2+
mavzudan kelib chiqqan holda ona tilida hamda birorta xorijiy tilda tushuntirishda o‘zaro muloqotga kirisha olish, muloqotda muomala madaniyatiga amal qila olish, matematik muammoni hamkorlikda yechganda jamoada samarali ishlay olish.


Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
A2
tavsiya etilgan mediamanbalardan axborotni izlab topa olish, zarur bo‘lsa uni boshqa ko‘rinishlarga (matn, jadval, sxema va h.k.) o‘tkaza olish;
ustunli, chiziqli va doiraviy diagrammalar, jadvallar, chizmalar ko‘rinishida berilgan statistik ma’lumotlarga asoslanib turli obyekt va hodisalarni taqqoslay olish;
axborotlarni statistik ma’lumotlarning ko‘rinishlarning bir turidan (ustunli, chiziqli va doiraviy diagrammalar, jadvallar, chizmalar) boshqa ko‘rinishga o‘tkaza olish;
berilgan sonli ma’lumotlarning o‘rta arifmetigini, modani va medianani topa olish.
A2+
mustaqil ravishda turli mediamanbalardan axborotni izlab topa olish, tizimga sola olish, tahlil qila olish, matematik muammoni yechish uchun zarurlarini tanlay olish.



Yüklə 461,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin