Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: A2 tavsiya etilgan mediamanbalardan axborotni izlab topa olish, zarur bo‘lsa uni boshqa ko‘rinishlarga (matn, jadval, sxema va h.k.) o‘tkaza olish;
ustunli, chiziqli va doiraviy diagrammalar, jadvallar, chizmalar ko‘rinishida berilgan statistik ma’lumotlarga asoslanib turli obyekt va hodisalarni taqqoslay olish;
axborotlarni statistik ma’lumotlarning ko‘rinishlarning bir turidan (ustunli, chiziqli va doiraviy diagrammalar, jadvallar, chizmalar) boshqa ko‘rinishga o‘tkaza olish;
berilgan sonli ma’lumotlarning o‘rta arifmetigini, modani va medianani topa olish.
A2+ mustaqil ravishda turli mediamanbalardan axborotni izlab topa olish, tizimga sola olish, tahlil qila olish, matematik muammoni yechish uchun zarurlarini tanlay olish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: A2 mustaqil ravishda o‘quv masalasini (maqsadini) topa olish va ifodalay olish;
matematikaga xos bo‘lgan abstrakt va aniq mulohaza yurita olish;
isbotlangan va isbotlanmagan tasdiqlarni farqlay olish, o‘z fikrini dalillay olish;
o‘quv masalasini qismlarga ajrata olish;
masala yechimiga yaqinlashish darajasini baholay olish va zarur hollarda o‘z faoliyatini to‘g‘irlay olish;
o‘quv faoliyat natijasini tahlil qila olish;
yo‘l qo‘yilgan xato va noaniqliklarni topa olish, ularni tuzata olish;
olingan natijalarni boshqalar foydalanishi uchun oson ko‘rinishda taqdim eta olish;
qabul qilingan mezonlarga asosan o‘z faoliyati samarasiga baho bera olish, ko‘zlagan maqsadga intila olish;
xususiy misollar va kuzatishlar tahlili asosida obyektlar va jarayonlar umumiy xossalarini va qonuniyatlarini topa olish, gipotezalarni taklif eta olish va uni tekshirish zarurligini tushuna olish;
mavjud bilim va ko‘nikmalarni yangi, nostandart vaziyatga qo‘llay olish;
real dunyodagi, ijtimoiy hayotdagi vaziyatlarga nisbatan o‘zining ijobiy estetik-emotsional munosabatini shakllantira olish;
o‘qishga va yangi bilimlarni egallashga qiziqa olish.
A2+ o‘z-o‘zini ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantira olish, kamolotga intila olish, hayot davomida matematikani mustaqil o‘qib-o‘rgana olish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, qabul qilingan mezonlarga asosan o‘z xatti-harakatini muqobil baholay olish va mustaqil qaror qabul qila olish.