Kognitiv kompetensiya (shaxsning mustaqil ijodiy fikrlashi): A2 o‘rganilgan geometrik tushunchalar, faktlar va metodlarini notanish vaziyatlarda qo‘llay oladi va yangi bilimlar hosil qila oladi;
o‘rganilgan geometrik tushunchalar, faktlar va metodlarini sodda kundalik vaziyatlarda qo‘llay oladi.
A2+ o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni murakkabroq vaziyatlarda qo‘llay oladi.
II BOB. UCHBURCHAK TOMONLARI VA BURCHAKLARI ORASIDAGI MUNOSABATLAR (14 soat, А2+:11 soat)
19-20-mavzular: To‘g‘ri burchakli uchburchakda burchakning sinusi, kosinusi, tangensi va kotangensi. Ayrim burchaklarning sinusi, kosinusi, tangensi va kotangensini hisoblash. (2 soat) 21-22- mavzular: Uchburchak, parallelogramm yuzini ikki tomoni va ular orasidagi burchak sinusi yordamida hisoblash. (2 soat) 23-24-mavzular: Sinuslar teoremasi va uning tatbiqlari. (2 soat) Nazorat ishi. (1 soat) Xatolar ustida ishlash. Masala va testlarni yechish. (1 soat) 25-26-mavzular: Kosinuslar teoremasi va uning tatbiqlari. (2 soat) 27-28-mavzular: Vektor koordinatalari. Koordinatalari berilgan vektorlarning skalyar ko‘paytmasi. Ikki vektor orasidagi burchak va uni hisoblash. (2 soat) А2+:Sinuslar teoremasiga oid murakkabroq masalalar (3 soat). А2+:Коsinuslar teoremasiga oid murakkabroq masalalar (3 soat). А2+:Uchburchakda metrik munosabatlar (3 soat). Nazorat ishi (1 soat, А2+: 1 soat). Хаtolar ustida ishlash. Маsala va testlarni yechish (1 soat, А2+: 1 soat).
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar elementlari: Matematika mazmuniga oid umumiy kompetensiya: A2 o‘rganilgan geometrik tushunchalarni va faktlarni tushuntirib bera oladi, tegishli misollar keltira oladi;
kosinuslar va sinuslar teoremalari va ularning tatbiqlariga oid masalalar yecha oladi;
uchburchak va parallelogrammning yuzlari formulalaridan foydalanib hisoblay oladi;
vektor va koordinatalar usullari orasidagi munosabatlarni tushuna oladi.
A2+ bobga doir murakkabroq masalalar yecha oladi, sodda tasdiqlarni isbotlay oladi.