Kognitiv kompetensiya (shaxsning mustaqil ijodiy fikrlashi): A2 o‘rganilgan geometrik tushunchalar, faktlar va metodlarini notanish vaziyatlarda qo‘llay oladi va yangi bilimlar hosil qila oladi;
o‘rganilgan geometrik tushunchalar, faktlar va metodlarini sodda kundalik vaziyatlarda qo‘llay oladi.
A2+ o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni murakkabroq vaziyatlarda qo‘llay oladi.
IV BOB. STEREOMETRIYA ELEMENTLARI (8 soat, А2+: 4 soat)
39-40-mavzular: Asosiy fazoviy jismlar: prizma, piramida, parallelepiped, kub, shar, konus, silindr. Muntazam ko‘pyoqliklar haqida tushuncha. Platon jismlari. (2 coat) А2+: Qavariq ko’pyoqliklar uchlari, qirralari va yonlari sonlarini bog’lovchi Eyler formulasi haqida tushuncha (1 soat). 41-44-mavzular: Asosiy fazoviy jismlar sirtlarining yuzlari va hajmlarini formulalardan foydalanib hisoblashlar. (4 soat) А2+: Аmaliy-tajriba va sinov mashqlari (3 soat) Nazorat ishi. (1 soat, A2+: 1 soat) Xatolar ustida ishlash. Masala va testlarni yechish. (1 soat, A2+: 1 soat)
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar elementlari: Matematika mazmuniga oid umumiy kompetensiya: A2 o‘rganilgan geometrik tushunchalarni va faktlarni tushuntirib bera oladi, tegishli misollar keltira oladi;
asosiy fazoviy (prizma, piramida, parallelepiped, kub, shar, konus, silindr) figuralarni va ularning elementlarini tasavvur qila oladi, taniy oladi va nomlay oladi hamda o‘lchamlari yoki yoyilmasi berilgan asosiy fazoviy geometrik figuralarni (parallelepiped (kub), prizma, piramida, shar, konus, silindr) qog‘oz, sim, plastilin va h.k. lar yordamida modellashtira oladi;
sodda fazoviy figuralarni va ularning tarkibiy qismlarini tasavvur qila oladi, taniy oladi va sharhlay oladi, ular sirtlarining yuzlari va hajmlarini formulalardan foydalanib hisoblay oladi.
A2+ bobga doir murakkabroq masalalar yecha oladi, sodda tasdiqlarni isbotlay oladi.