Kognitiv kompetensiya (shaxsning mustaqil ijodiy fikrlashi): A2 o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni notanish vaziyatlarda qo‘llay oladi va yangi bilimlar hosil qila oladi;
o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni sodda kundalik vaziyatlarda qo‘llay oladi.
A2+ o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni murakkabroq vaziyatlarda qo‘llay oladi.
Takrorlash. (13 soat)
Mavzularni o‘rganish uchun -127 soat (A2+: 189 soat) Nazorat ishlari uchun - 15 soat (A2+: 18 soat) Xatolar ustida ishlash uchun - 15 soat (A2+: 18 soat) Takrorlash uchun - 13 soat (A2+: 13 soat) Jami: 170 soat (A2+: 238 soat). 7-SINF ALGEBRA (102 soat, haftasiga 3 soat, A2+:34 soat, haftasiga 1 soat)
Kommunikativ kompetensiya: A2 matematikaga oid terminlarning ma’nosini tushunib, to‘g‘ri o‘qiy olish;
so‘z va gaplarni bog‘lagan holda o‘z fikrini aniq va ravshan ifodalay olish;
fikrni mantiqiy izchillikda ifodalay olish;
matematikaga oid audiomatnni tinglab, video tasvirlarni ko‘rib tushunish, tegishli munosabat bildira olish;
matematik matn ma’nosini qayta so‘zlab bera olish, matematik qoidalarni yoddan ifodali ayta olish.
A2+ mavzudan kelib chiqqan holda ona tilida hamda birorta xorijiy tilda tushuntira olish, matematik muammoni hamkorlikda yechganda jamoada samarali ishlay olish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: A2 tavsiya etilgan mediamanbalardan axborotni izlab topa olish, zarur bo‘lsa uni boshqa ko‘rinishlarga (matn, jadval, sxema va h.k.) o‘tkaza olish;
ustunli, chiziqli va doiraviy diagrammalar, jadvallar, chizmalar ko‘rinishida berilgan statistik ma’lumotlarga asoslanib turli obyekt va hodisalarni taqqoslay olish;
axborotlarni statistik ma’lumotlarning ko‘rinishlarning bir turidan (ustunli, chiziqli va doiraviy diagrammalar, jadvallar, chizmalar) boshqa ko‘rinishga o‘tkaza olish;
berilgan sonli ma’lumotlarning o‘rta arifmetigini, modani va medianani topa olish.
A2+ mustaqil ravishda mediamanbadan axborotni izlab topa olish, matematik muammoni yechish uchun zarurlarini tanlay olish.