Davlat tilini rivojlantirish departamenti davlat tilida ish yuritish



Yüklə 3,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə155/293
tarix24.12.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#191850
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   293
Davlat nilida ish yuritish. Amaliy qo\'llanma. Aminov M va boshq. 2020

218


Вауоппота
shakli faqat yigMlish xususida emas, balki o ‘sha jamoaning 
faoliyati to‘g ‘risida ham fikr yuritishga imkoniyat beradi.
Y ig ilish stenografiya usulida ( s t e n o g r a f i k ) yoki 
diktofon yordamida yozib olinayotgan ( f o n o g r a f i k ) bo‘l- 
sa, qisqa bayonnoma tuzilib, stenogramma rais va kotib tomo­
nidan imzolanadi va asosiy bayonnomaga ilova qilinadi.
Bayonnomaning asosiy zaruriy qismlari:
1. Muassasa nomi.
2. Sarlavha (bamaslahat ish ko‘ruvchi organ yoki yig‘i- 
lishning nomi).
3. Hujjatning nomi (Bayonnoma).
4. Yig‘ilish sanasi.
5. Shartli raqami.
6. Yig‘ilish joyi.
7. Tasdiqlash ustxati (agar bayonnoma tasdiqlanishi zarur 
b o ‘lsa).
8. Yig‘ilish raisi va kotibining familiyasi.
9. Matn:
a) qatnashuvchilar ro ‘yxati yoki soni;
b) kun tartibi;
d) eshitildi;
e) so‘zga chiqdilar;
f) qaror qilindi.
10. Ilovalar (agar ular mavjud bo‘lsa).
11. Imzolar.
Bayonnomani 
tuzishda 
ulaming 
huquqiy jihatdan 
to ‘laqonliligini ta ’minlash kerak. Buning uchun bayonno- 
mada barcha asosiy zaruriy qismlar mavjud bo‘lishi, ular 
to‘g ‘ri rasmiylashtirilishi lozim.
Doimiy maslahat organi yig‘ilishining bayonnomasida 
yig‘ilishda ishtirok etuvchilar soni ko‘rsatilishi juda muhimdir, 
chunki bu huquqiy ahamiyatga ega. Majlis qarorlarini qabul 
qilish va uning qonumy bo‘hshi uchun ishtirokchilaming nizom 
bo‘yicha yetarli ekanligi (kvorum) asosiy shart hisoblanadi.
219


Ma ’lumot-axborot hujjatlari
M a’muriy idoralarda bayonnoma umumiy yoki maxsus 
bosma ish qog‘ozlarida rasmiylashtiriladi. Bayonnoma bir 
necha sahifadan iborat bo‘lsa, faqat birinchi sahifa bosma ish 
qog‘ozida, qolgan betlari esa oddiy qog‘ozda yoziladi.
Yig‘ilish o ‘tkazilgan kun bayonnomaning sanasi hisobla­
nadi. M untazam ish ko‘ruvchi organlar bayonnomasining tar­
tib raqami kalendar yili bo ‘yicha izchil davom etadi.
Majlis bayonnomasida qatnashuvchilar ro ‘yxati beril- 
ganda, doimiy a ’zolar va taklif etilganlar familiyasi alohi- 
da-alohida alifbo tartibida qayd etiladi. Taklif etilganlar soni
15 kishidan oshmasa, ulaming familiyasini, qavs ichida esa 
ish joyini ko‘rsatish kerak.
Kengaytirilgan majlislarda ishtirok etuvchilaming soni 
ko‘rsatiladi va qatnashuvchilar ro ‘yxati majlis bayonnomasiga 
ilova qilinadi.
Majlis bayonnomasi kirish va asosiy qismdan iborat bo‘lib, 
kirish qismi kun tartibi bilan tugaydi. Kun tartibidan so‘ng ikki 
nuqta qo‘yilib, ko‘riladigan masalalar tartib raqami bilan berila­
di. Har qaysi masala alohida satrdan yoziladi. Ulaming o ‘zaro 
tartibi masalaning dolzarbligi va muhimligiga qarab belgilana­
di. Majlis bayonnomasida KUN TARTIBIni bosh kelishikda 
ifodalash va bosh (katta) harflar bilan yozish kerak.
Kun tartibidagi masalalami bayon qilishda m a’ruzachining 
ismi, familiyasi, lavozimini alohida jum la bilan yozish maq- 
sadga muvofiqdir.
B a’zan kun tartibining oxirgi qismida «Turli masalalar» 
sarlavhasi bilan alohida qism beriladiki, bu maqsadga muvofiq 
emas, chunki kun tartibidagi har bir masala aniq va ravshan 
b o iish i lozim.
Matnning asosiy qismi kun tartibi masalalariga mu­
vofiq joylashadi. Har bir bo‘lim uch qismdan iborat bo ‘ladi: 
ESH ITILD I, S O ‘ZGA CH IQ D ILA R, Q A RO R Q ILIN D I. 
Agar kun tartibida ikki yoki undan ortiq masala ko‘riladigan 
bo‘lsa, «ESH ITILD I» so‘zidan oldin kun tartibidagi ma-
220


Bayonnoma
salalarning raqami qo‘yiladi, so‘zdan keyin esa ikki nuqta 
qo'yilib, yangi satrdan m a’ruzachining ismi, familiyasi bosh 
kelishikda yoziladi. Familiyadan so‘ng tire qo‘yilib, m a’ru- 
za yoki xabarning qisqacha mazmuni bayon qilinadi. Agar 
m a’ruza matni tayyor holda bo‘lsa, tiredan keyin «Matn ilova 
qilinadi» deb yozib qo‘yiladi.
«S O ‘ZGA CH IQD ILA R» birikmasi ham aynan shu 
shaklda yoziladi. Zaruriyat bo‘lganda, qavs ichida har bir so‘z- 
lovchining ish joyi va lavozimi ko‘rsatiladi. Masalan: S O ‘Z- 
GA CH IQD ILA R: A.I. Rahimov (maktab direktori) - . . .
Majlisda berilgan savollar ham bayonnomada yoziladi. 
M a’ruzachiga savollar va ularga beriladigan javoblar «So‘zga 
chiqdilar» bo‘limiga kiritiladi va ko‘rsatilgan tartibda rasmiy- 
lashtiriladi («savol» va «javob» so‘zlari o‘mida so4rovchining 
ismi, otaismining bosh harflari va familiyasi; javob beruv­
chining ismi, otaismining bosh harflari va familiyasi esa faqat 
savolga m a’ruzachining o ‘zi javob bermagan hollardagina 
ko‘rsatiladi).
Matnning uchinchi qismida muhokama etilgan masa- 
la b o ‘yicha qaror qabul qilinadi. «Q ARO R Q ILINDI» bi­
rikmasi ham bosh harflar bilan yoziladi.
Kun tartibidagi har bir masala yuzasidan alohida-alohi- 
da «ESHIT1LDI», «S O ‘ZGA CH IQ D ILA R», «QAROR 
Q ILIN D I» sarlavhalari qo‘yiladi va so‘zlovchilar nutqining 
qisqacha mazmuni, qabul qilingan qaror rasmiylashtiriladi 
(223-betdagi 1-ilovaga qarang).
221


Ma ’lumot-axborot hujjatlari

Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   293




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin