Davlat tilini rivojlantirish departamenti davlat tilida ish yuritish



Yüklə 3,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə207/293
tarix24.12.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#191850
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   293
Davlat nilida ish yuritish. Amaliy qo\'llanma. Aminov M va boshq. 2020

Ich­
ki xizmat ma ’lumotnomasi
- muassasa ichki ishlari, xo‘jalik 
faoliyati, biror tarkibiy b o ‘linma yoki ayrim xodimning ishi, 
faoliyati haqida tayyorlanib, shu muassasa rahbariga yo‘lla- 
nadi. Bunday m a’lumotnomalar bevosita tuzuvchi (bo‘lin- 
ma boshlig‘i, kadrlar bo ‘limi boshlig‘i, ish yurituvchi, oddiy 
xodim va boshqalar) tomonidan imzolanadi va oddiy qog‘oz 
varag‘iga q o ‘lda yozilishi ham mumkin. 
Tashqi xizmat ma lu ­
motnomasi -
muayyan muassasa nomidan yuqori idora yoki 
mansabdor shaxslarga, ular ko‘rsatmasiga, talabiga muvofiq
289


Ma ’lumot-axborot hujjatlari
tayyorlanib j o ‘natiladi hamda xos ish qog‘oziga yoki maxsus 
bosma ish qog‘oziga yoziladi va muassasa rahbari tomonidan 
imzolanadi.
Har qanday xizmat m a’lumotnomasi boshqa biron-bir 
hujjatni guvohlantirish yoki muayyan qaror qabul qilish uchun 
asos b o ‘ladi. M a’lumotnoma sanasi u imzolangan va yo ‘llan- 
gan kuni qo‘yiladi, chunki u j o ‘natma hujjatlar daftarida yoki 
elektron tarzda dasturga qayd etiladi.
Xizmat m a’lumotnomasiga matn mazmunini ochib beruv­
chi sarlavha q o‘yiladi. Masalan, 
«Korxona m a ’muriy-bosh-
qaruv xodimlari soni haqida».
M a’lumotnomada qayd etila- 
yotgan xabarlar taalluqli b o ‘lgan sana alohida ajratilib, asosiy 
matn oldidan yoziladi. Masalan: 
«2019-yil l-iyundagi holatga
k o ‘ra (muvofiq)»
yoki 
«2019-yil 1-yanvardan 1-sentyabrga-
cha bo'lgan davr uchun»
kabi. Ushbu m a’lumotlami matn 
sarlavhasi tarkibiga kiritib yuborish ham mumkin.
Rasmiy xizmat m a’lumotnomasida bosma ish qog‘ozidagi 
yozuvlardan tashqari, yana quyidagi zaruriy qismlar b o ‘ladi:
1. Hujjat j o ‘natiladigan yuqori idora yoki mansabdor 
shaxsning nomi (bosma ish qog‘ozining yarmidan o ‘ng to- 
monga yoziladi).
2. Hujjat nomi (M a’lumotnoma).
3. M a’ lumotnoma matniga sarlavha (xatboshidan yoziladi).
4. Asosiy matn (m a’lumotnoma mazmuni).
5. Mansabdor shaxs (tuzuvchi yoki korxona rahbari) im­
zosi (elektron raqamli imzo va QR kodi).
Moliyaviy masalalami aks ettiruvchi rasmiy m a’lumot- 
nomalarda bosh (katta) hisobchining imzosi va muhri bo'iadi.
1-, 2-ilovalarda ichki xizmat m a’lumotnomasi namunalari 
keltirildi.

Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   293




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin