Davlat tilini rivojlantirish departamenti davlat tilida ish yuritish



Yüklə 3,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə208/293
tarix24.12.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#191850
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   293
Davlat nilida ish yuritish. Amaliy qo\'llanma. Aminov M va boshq. 2020

290


Ma ’lumotnoma
Ichki т а’lumotnoma namunasi
1-ilova
Toshkent shahar «Mahalla va 
oilani qo‘llab-quwatlash» hududiy 
boshqarmasi boshlig‘i M. Rahmatovga
Shayxontohur tumani «Ilg‘on> 
mahallasida 2019-yil mobaynida mahalla 
ahlidan tushgan shikoyatlar haqida
MA’LUMOTNOMA
2019-yilda mahalla oqsoqoli nomiga mahalla ahlidan 47 ta 
ariza va 18 ta shikoyat tushdi.
Mazkur hujjatlaming barchasi qonunda belgilangan muddat- 
larda ko‘rib chiqilgan.
Ma’lumotnomaga asos: Mahalla ahlining 2019-yildagi ariza 
va shikoyatlarini qayd qilish daftari.
Kotib(a) 
(imzo)
0. Salimova
2019-yil 30-dekabr__________________________________
Ichki ma ’lumotnoma namunasi
2-ilova
Korxona 
Korxona direktori
nomi 
R.U. ABDULLAYEVga
MEBEL VA JIHOZLAR SOTIB 
OLINGANL1GINI TASDIQLASH HAQIDA 
2018-yil 15-aprel 28-son 
Toshkent shahri
MA’LUMOTNOMA
Korxona idoralarining eskirib ketgan jihozlarini yangilash 
maqsadida 2018-yilning 1-choragida quyidagilar xarid qilindi:
291


М а
'
lumot-axborot hujjatlari
Jihoz
turi
Soni
(dona)
Narxi
(so‘m)
0 ‘matiladigan
j o y i
Ma’lumotnoma
asosida tayyorlandi.
Bosh hisobchi
(imzo)
B. Hakimov
S h a x s i y m a ’ l u m o t n o m a - muassasalar tomonidan 
fuqarolaming turmushi va ish faoliyatidagi aksar voqea-hodi- 
salar va holatlami tasdiqlab beradigan hamda talab qilingan 
joylarga ko ‘rsatiladigan rasmiy hujjatdir. Masalan, muassa­
sa xodimga uning qayerda, kim b o ‘lib va qancha maosh olib 
ishlashi haqida; o ‘quvchi va talabaga esa qayerda o ‘qishi 
haqida; fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDY) 
b o ‘limi, notarial idoralar hamda fuqarolar y ig ‘inlari raislari 
shaxsning tug‘ilganligi yoki vafot etganligi, yashash manzili, 
oila a ’zolari soni to ‘g ‘risida, nikoh bo‘lganligi yoki ajralgan- 
ligi haqida (hujjatlar yo‘qolganda); tuman va shahar ijtimoiy 
ta’minot bo ‘limi shaxsning nogironligi, nafaqasining miqdori, 
avtomobilga ega emasligi haqida; shifoxonalar kishining 
sog‘lig‘i (kasal emasligi) haqida m a’lumotnomalar beradi. 
Bulardan tashqari, adliya idoralari tomonidan ham fuqarolar- 
ga tasdiqlovchi, guvohlantiruvchi m a’lumotnomalar beriladi.
Yuqoridagi m a’lumotnomalar zaruriy hisoblanadi. Bi­
roq idoralarda o ‘tirib olgan ayrim rasmiyatchi mansabdorlar 
xohishi bilan zarur bo ‘lmagan kezlarda ham m a’lumotnoma 
talab qilinadigan hollar bo‘lib turadi.
Respublika Prezidentining bir qator nutqlari va muloqotla- 
rida, Vazirlar Mahkamasining tegishli qaror va k o ‘rsatmalari- 
da fuqarolami ishga qabul qilishda va fuqarolaming maishiy 
talablarini hal qilishdagi buzilishlar, jumladan, fuqarolardan 
ko‘plab xilma-xil m a’lumotnomalar talab qilgan korxona va 
tashkilotlar rahbarlarining noto‘g ‘ri xatti-harakatlari qoralan- 
gan. Ko‘pgina zamriy m a’lumotlami pasportdan, mehnat
292


M a'lumotnoma
daftarchasidan yoki boshqa hujjatlardan bilib olish mumkin, 
binobarin, davlat va nodavlat, x o ‘jalik idoralari, muassasalar 
zimmasiga ayrim zaruriy m a’lumotlar kishi shaxsi va mehnat 
faoliyatidan dalolat beruvchi hujjatlar ko‘rsatilganda tas­
diqlanishi mumkin bo‘lgan hollarda undan yozma m a’lumot- 
nomalar talab qilmaslik majburiyati yuklangan. Hozirgi kunda 
fuqarolarning ortiqeha ovoragarchiligini oldini olish maqsadi- 
da Davlat xizmatlari agentligida tegishli tashkilotlardan hujjat 
olishning elektron shakli joriy etilgan.
Shaxsiy m a’lumotnoma o‘zining zaruriy qismlari jihatidan 
rasmiy xizmat m a’lumotnomasiga yaqin turadi, chunki u ham 
aksar hollarda xos ish qog'oziga yoki oldindan tayyorlangan 
bosma ish qog‘ozi (blanka)ga yoziladi. Ushbu ish qog‘ozlari- 
da bir qancha zaruriy qismlar va takrorlanuvchi iboralar 
o ‘z aksini topgan bo‘ladi. Shaxsiy m a’lumotnomalarda ular 
yo ‘llangan idora yoki shaxs nomi bo‘lmaydi. Buning o ‘mi- 
ga m a’lumotnomaning asosiy matnidan so‘ng uning maqsadi 
«Ish joyiga (yashash joyiga) ко ‘rsatish uchun berildi», «Tosh­
kent dagi 50-bolalar b o g ‘chasiga taqdim etish uchun berildi»
tarzida ko‘rsatiladi. Bosma ish qog‘ozlari bo‘lmagan hollarda 
m a’lumotnomalar oddiy qog‘ozga qo‘lda yoki kompyuter- 
da yoziladi va uning chap burchagiga korxona yoki jamoat 
tashkilotining to‘rtburchak muhri qo4yiladi, uning qarshisiga, 
o ‘ng tomoniga M A’LU M OTNO M A so‘zi yoziladi. Shaxsiy 
m a’lumotnomalar quyidagi zaruriy qismlami o ‘z ichiga oladi:
1. M a’lumotnoma beruvchi tashkilotning nomi.
2. M a’lumotnomaning tartib raqami va berilgan sanasi.
3. Hujjat turining nomi (M a’lumotnoma).
4. M a’lumotnoma beriiayotgan shaxsning ismi, otaismi va 
familiyasi.
5. M a’lumotnoma matni (u tasdiqlayotgan voqea yoki ho- 
lat bayoni).
6. M a’lumotnomaning maqsadi (ma’lumotnoma ko‘rsati- 
ladigan, taqdim etiladigan joy nomi).
293


M a
'
lumot-axborot hujjatlari
7. Mansabdor shaxs(lar)ning imzosi (lavozimi va famili­
yasi).
8. Muhr.
Dastlabki uch zaruriy qism bosma ish qog‘ozida (bosma 
ish qog‘ozi bo‘lmagan hollarda to ‘rtburchak muhrda) o ‘z ak- 
sini topgan bo‘ladi.
Ish haqini tasdiqlash haqidagi va pul bilan bog‘liq boshqa 
shaxsiy m a’lumotnomalarga tegishli muassasaning bosh (kat- 
ta) hisobchisi ham imzo q o‘yishi kerak.
M a’lumotnomalaming bu turi ham j o ‘natma hujjatlar daf- 
tarida qayd etilib, xodim qo‘liga beriladi.
3 - 13-ilovalarda shaxsiy m a’lumotnomalarga bir necha 
namunalar keltirildi.

Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   293




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin