Davlat tilini rivojlantirish departamenti davlat tilida ish yuritish


(imzo) S. Muhiddinov Kotibi  (imzo)



Yüklə 3,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə211/293
tarix24.12.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#191850
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   293
Davlat nilida ish yuritish. Amaliy qo\'llanma. Aminov M va boshq. 2020

(imzo)
S. Muhiddinov
Kotibi 
(imzo)
A. Rahmatov
(muhr)
B a’zan m a’lumotnomalar bosma ish qoglozida emas, 
balki oddiy qog‘ozga yozilib, birgina muhr va imzo bilan tas- 
diqlanadi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi 
Asosiy kutubxonasining
MA’LUMOTNOMASI
Majid Safarov kutubxonadan olgan barcha kitoblami top- 
shirdi, hozirda kutubxonadan hech qanday qarzi yo‘q.
Abonement bo‘limi
mudiri 
(imzo)
I. Familiyasi
2019-yil 10-dekabr 
(muhr)
299


Ma lumot-axborot hujjatlari
Sog‘liqni saqlash muassasalari tomonidan beriladigan 
m a’lumotnomalar ham katta bir turkumni tashkil etadi. Bola­
lar sog‘lig‘i haqidagi m a’lumotnoma bolalar bog‘chasida 
tarbiyalanish, bolalar oromgohiga y o ‘llanma olish, biron- 
bir sport bilan shug‘ullanish, o ‘rta yoki oliy o ‘quv yurtlari- 
ga kirish imtihonlarini topshirish va hokazolar uchun imkon 
yaratadi. Muayyan shaxsda m a’lum kasallik borligini tas­
diqlovchi m a’lumotnoma esa o ‘sha shaxsga og‘ir ishlarda ish- 
lamaslik, korxonalardan yoki ijtimoiy ta ’minot b o ‘limlaridan 
davolanish uchun yo ‘llanma olish, nafaqa undirish va boshqa 
kafolatlami beradi.
300


Tavsifnoma, tavsiyanoma
TAVSIFNOM A, TAVSIYANOM A
T avsifnom a
M a’lum bir shaxsning mehnat va ijtimoiy faoliyati, shu- 
ningdek, uning o‘ziga xos xislat va fazilatlarini aks ettiruvchi 
rasmiy hujjat.
Tavsifnoma muassasa m a’muriyati yoki jamoat tashkilot- 
lari (agar ular mavjud bo4Isa) tomonidan xodimga bir qancha 
maqsadlar uchun (o‘quv yurtiga kirishda, xorijiy mamlakat- 
larga ishlash va boshqa yumushlar uchun ketishda, lavozimga 
tayinlashda yoki shahodatlantirish va boshqa hollarda) beriladi.
Tavsifnomada xodimning jamoatchilik va xizmat faoliya­
ti, uning ishchanligi va axloqiy sifatlari ham ko‘rsatib o ‘tiladi.
Tavsifnomaning asosiy zaruriy qismlari quyidagilardan 
iborat:
1. Tavsiflanayotgan shaxs haqida asosiy m a’lumotlar:
a) ismi, otaismi va familiyasi;
b) tug‘ilgan yili;
d) millati;
e) partiyaviyligi;
f) m a’lumoti;
g) lavozimi;
h) ilmiy darajasi va unvoni.
2. Hujjat nomi (Tavsifnoma).
3. Matn.
4. Imzolar.
5. Sana.
6. Muhr.
301


Ma lumot-axborot hujjatlari
Tavsifhoma matnini o ‘zaro mantiqan bog‘langan uch 
tarkibiy qismga ajratib ko‘rsatish mumkin.
Birinchi qismda shaxsning mehnat faoliyati, y a’ni mu- 
taxassisligi, aynan shu korxona, tashkilot va boshqa joylarda 
qaysi muddatdan buyon ishlayotganligi, xizmat vazifasidagi 
o ‘zgarishlar va boshqalar haqida m a’lumot beriladi.
Ikkinchi qismda xodimning shaxsiy tavsifi, y a’ni ishga 
munosabati, mutaxassislik b o‘yicha mahorati, siyosiy saviya- 
si, tashkilotchilik qobiliyati, jam oat ishlarida ishtiroki, oilaviy 
ahvoli, xulq-atvori, hatto b a’zida siyrati, jam oa a ’zolariga m u­
nosabati, qanday mukofotlarga sazovor bo ‘lganligi va boshqa 
asosiy rag‘batlantirishlari qayd etiladi. Xolis bo‘lish uchun 
kamchiligi ham ko ‘rsatilib, istak bildiriladi.
Uchinchi qismda esa yuqorida bayon qilinganlardan xu- 
losa chiqariladi va tavsifnoma qanday maqsadda yoki nima 
uchun berilayotganligi ko‘rsatiladi.
Tavsifhoma matni uchinchi shaxs tilidan bayon qilinadi. 
Xodimni tavsiflashda «halol», «topshiriqlami vaqtida bajara- 
digan», «mehnatsevar», «talabchan», «tashabbuskor», «tez- 
kor», «prinsipial», «intizomli» kabi sifatlardan foydalaniladi. 
Agar tavsifhoma jam oat tashkilotlari yig‘ilishida tasdiqlangan 
bo‘lsa, shu yig‘ilish bayonnomasi raqami va sanasiga havo- 
la bo‘ladi. Qoidaga ko‘ra tavsifnomaga ikki shaxs: muassasa 
yoki b o ‘linma) boshlig‘i vb kasaba uyushmasi tashkilotining 
iaisi imzo chekadi va ular imzosi yumaloq muhr bilan tas- 
diqlanadi.
Tavsifhoma xodimning qo‘liga topshiriladi yoki uni shax- 
san xabardor qilgan holda, tavsifnomani talab qilgan muassa- 
saga jo ‘natiladi.
Tavsifhomalaming «ishlab chiqarish tavsifnomasi», «tav- 
sifiy tavsiyanoma», «xizmat tavsifnomasi» kabi turlari mav­
jud bo‘lib, ular ayrim xususiyatlari jihatidan o ‘zaro farqlanadi.
302


Tavsifnoma, tavsiyanoma

Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   293




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin