Xizmat yozishmalari
yoki uning o ‘rinbosari xatda qayd
etilgan lavozim nomi ol-
diga chiziqcha qo‘yib (go‘yo o ‘rinbosar imzo chekayotganli-
gini uqtirayotgandek) imzo chekadi. Bu ish yuritishga m as’ul
b o ‘lgan shaxs tegishli yo‘riqnomadan xabardor emasligidan
dalolat beradi. Xatni tayyorlash jarayonida tuzuvchi xatga kim
imzo chekishini oldindan bilishi kerak. Rahbar b o ‘lmagan
hollarda shunday vakolatga ega b o ‘lgan shaxs, y a’ni
uning
vazifasini bajaruvchi yoki o ‘rinbosari, lavozimi aniq ko‘rsatil-
gan holda
(«direktor vazifasini bajaruvchi», «direktor о ‘rin-
bosari»
tarzida), imzo chekishi mumkin.
Xatda bayon qilingan masalalar bo‘yicha javobgarlik bir
necha shaxs zimmasiga yuklatilgan bo‘lsa, imzolar soni ikki
yoki undan ortiq bo‘lishi mumkin (masalan, to ‘lov
haqidagi
kafolatnomalarda, moliyaviy hujjatlarda).
Xatda imzolar m a’lum tartib asosida, y a’ni egallab turgan
lavozimiga ko‘ra joylashadi. Imzodan so‘ng imzo chekuv-
chining ismi va familiyasi yoziladi, masalan:
Korxona direktori
(imzo)
B.
Karimov
Bosh hisobchi
(imzo)
H. Samiyev
Agar xatga biror hujjat ilova qilinayotgan b o‘lsa, xatning
quyi qismi chap tomoni hoshiyasiga «llova» so‘zi qo‘yiladi,
so‘ng tartib raqami bilan ilova
qilinayotgan hujjatlar nomi,
nusxasi va beti ko‘rsatilgan holda beriladi. Har bir ilova qili
nayotgan hujjat nomi alohida qatorda joylashadi.
«Ilova» so‘zining ostidan hech qanday yozuv yozilrn;.
vdi,
masalan:
Ilova: 1. « 0 ‘zkeysmash» qo‘shma korxonasi bilan tuzilgan
shartnoma nusxasi o‘zbek va ingliz tillarida - 3 bet, 1 nusxa.
2.
« 0 ‘zkeysmash» qo‘shma korxonasi
mutaxassislari xulosa-
si - 5 bet, 1 nusxa.
354
Xizmat yozishmalari
Xat matnida qayd etilgan ilovaning mavjudligi quyidagi
tarzda ham ifodalanishi mumkin:
Ilova:_______ betda________ nusxada
Ushbu rekvizit bosma ish qog‘ozida tayyor holda ham
boiishi mumkin.
Agar ilova qilinayotgan hujjat muhim (mustaqil) bo‘lsa,
ya’ni asosiy maqsad mazkur hujjatni ma’lum
tashkilotga yet-
kazish bo‘lsa, bunday hujjatlar alohida ilova xatlar yordamida
yo‘llanadi.
Xizmat xatlari vazifasi va mazmuniga ko‘ra bir necha turga
boMinishini yuqorida ta’kidlagan edik. Xatlaming o‘ziga xos
xususiyatlaridan yana biri shundaki, ulaming nomi (kafolat
xati, ilova xat, taklif xat, so‘rov xat va boshqalar) yozilmaydi.
Ulaming qanday xat ekanligi matn mazmunidan bilinib turadi.
Biz quyida ish yuritishda keng tarqalgan xat turlarini alohida-
alohida ko‘rib chiqamiz.
355