Davlat tilini rivojlantirish departamenti davlat tilida ish yuritish



Yüklə 3,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə250/293
tarix24.12.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#191850
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   293
Davlat nilida ish yuritish. Amaliy qo\'llanma. Aminov M va boshq. 2020

(imzo)
A. Saidov
Tasdiq xat
M a’lum bir muassasa tomonidan yuborilgan iltimos va 
so‘rovlarga javob tarzida yoziladigan xatlaming bir turidir. 
Tasdiq xatning qaysi xatga javoban bitilganligi iloji bori- 
cha aniq ko‘rsatilishi kerak. Bunday xat matnida qo‘llanuvchi 
asosiy so‘zlardan biri «tasdiqlamoq» fe’lidir. Masalan:
377


Xizmat yozishmalari
Tasdiq xat matni namunalari
21-ilova
Sizning xomashyo so'rab 2019-yil 12-yanvarda jo'natgan
A-22-18 raqamli xatingizni olganligimizni tasdiqlaymiz. Bu
to ‘g'ridagi javobimiz 2019-yil 22-yanvargacha xabar qilinadi.
22-ilova
Bugun, 5-iyunda Sizdan buyurtmamiz boyicha mahsulot
ishlab chiqarayotganligingiz haqida xabar berilgan telegram-
mani oldik.
О
‘z 
vaqtida qaytarilgan javob uchun Sizga minnatdorchilik
bildiramiz.
23-ilova
15-iyundagi 200 ООО (ikki yuz ming) g'isht so'rab yozgan
10125-raqamli xatingizni olganligimizni tasdiqlaymiz. Biroq
ayni paytda zavod о ‘zida mavjud buyurtmalarni bajarishga ul-
gurmayotganligi sababli iltimosingizni bajara olmasligimizni
ma ’lum qilamiz.
Tasdiq xatlar o‘z vaqtida jo ‘natilsa, eslatma xatlar uchun 
hech qanday ehtiyoj sezilmaydi, natijada xizmat yozishmalari- 
ning hajmi qisqaradi.
Farm oyish xat
Bir tarmoqqa tegishli quyi muassasalaming barchasiga 
yoilangan rasmiy hujjatdir. Farmoyish xatlar xizmat alo- 
qalarining ko‘pgina sohalarida qo‘llanadi. Ularning asosiy 
vazifasi aynan bir xil mazmundagi xabami bir necha manzil- 
ga yetkazishdir. Masalan, 0 ‘zbekiston Respublikasi Fanlar 
akademiyasi o‘z qaramog‘idagi barcha ilmiy muassasalar va
378


Xizmat yozishmalari
tashkilotlarga bir xil ko‘rsatma bermoqchi. Bu ko‘rsatma xat 
shaklida rasmiylashtiriladi va ro‘yxat bo‘yicha barcha institut- 
larga tarqatiladi.
Farmoyish xatlaming o‘ziga xos xususiyati shundaki, u 
tashkilot qaramog‘idagi korxonalami u yoki bu masala haqida 
xabardor qiladi yoki tegishli farmoyishlar beradi.
Ba’zi farmoyish xatlarda matnga nisbatan manzillar nomi 
ko‘proq joyni egallaydi. Shu sababli ham ularda xat yo‘lla- 
nayotgan tashkilotlaming umumiy nomini yozish maqsadga 
muvofiqdir, masalan:
Barcha tadqiqot institutlariga
Barcha muzeylar rahbarlariga
kabi
Farmoyish xatlar bosh muassasa rahbari tomonidan imzola­
nadi. Agar xat matnida hisob boiim iga oid masalalar bo‘lsa, 
bosh hisobchi ham imzo chekadi. Bosh rahbar imzolagan
1-nusxa muassasada asliyat sifatida saqlanadi. Boshqalari esa 
umumiy bo‘lim yoki muassasa kotibi tomonidan tasdiqlanib, 
nusxa sifatida tarqatiladi (24-ilovaga qarang).

Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   293




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin