Davlat tilini rivojlantirish departamenti davlat tilida ish yuritish


Xizmat yozishmalari D IPL O M A T IK VA T IJO R A T



Yüklə 3,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə252/293
tarix24.12.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#191850
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   293
Davlat nilida ish yuritish. Amaliy qo\'llanma. Aminov M va boshq. 2020

381


Xizmat yozishmalari
D IPL O M A T IK VA T IJO R A T
Y O Z IS H M A L A R I1
Diplomatik va tijorat yozishmalari hujjat turlari orasida 
eng yoshi va ayni paytda eng qadimiysi hisoblanadi. Chunki 
0 ‘zbekiston mustaqil davlat sifatida tan olinganidan keyingina 
shunday hujjatlami o‘zbek tilida yozish masalasi ko‘tarildi, 
bunga esa hali ko‘p vaqt bo‘lgani yo‘q.
Aslida, ushbu yozishmalar yangidan qayta tug‘ildi, desak 
ham bo‘ladi, chunki bunday yozishmalar, havolada zikr 
etilgan qoilanm a muqaddimasida ta’kidlanganidek, X-XII 
asrlardayoq mavjud bo‘lgan. Ular «yorliqlar» deb atalgan va 
o‘ziga xos lisoniy qoliplarga, ma’noviy tarkibiy qismlarga 
ega bo‘lgan. Hozir ham diplomatik va tijorat hujjatlari shakl 
va lisoniy jihatdan o ‘ziga xos xususiyatlarga ega. Ulami 
yozishda nimani yozish masalasigina emas, uni qay yo‘sinda 
yozish masalasi ham muhim bo‘lib, bu uning tuzuvchilaridan 
chuqur malaka va katta tajribani talab etadi.
D ip lo m a tik y o zish m a la rd a
hujjat turini uning mazmu­
nidan kelib chiqqan holda to‘g‘ri tanlash va yozish qonun- 
qoidalariga to‘la va aniq amal qilish, hujjat yo‘llanayotgan 
mamlakat an’analarini hisobga olish zarurdir. Diplomatik 
hujjat, albatta, javob talab qiladi. Hujjatning qaysi turi 
yuborilgan bo‘lsa, shu turi bilan javob qaytarilishi shart. 
Bayonotga bayonot bilan, shaxsiy xatga shaxsiy xat bilan 
javob beriladi. Hatto imzo qo‘yib yuborilgan shaxsiy xatga 
faqat ismi, otaism yozilgan, lekin imzo qo‘yilmagan shaxsiy 
xat bilan javob qaytarish hurmatsizlik hisoblanadi. Diplomatik
1 Ushbu bo‘limni tayyorlashda H.S. Muhiddinova, N.A. Abdullayeva tadqiqotlari 
asos qilib olindi.
382


Xizmat yozishmalari
hujjatlaming javobsiz qoldirilishi kamdan-kam hollarda yuz 
beradi va salbiy holat sifatida baholanadi.
Diplomatik hujjatlarda hujjat yuborilayotgan mamlakat- 
ning nomlanishida, shaxsning lavozimi, ismi, familiyasi 
va otaismini yozishda, unga murojaat shakllarida biron-bir 
xatoga yo‘l qo‘yish mutlaqo mumkin emas.
Diplomatik hujjatlar tashqi ko‘rinishi jihatidan ham 
benuqson boiishi shart. Ular a’lo sifatli qog‘ozga bir 
tekis joylashtirilgan holda bexato yozilishi, hech qanday 
harf o‘chirilmasligi va to‘g ‘rilanmasligi, muhr o‘z o‘miga 
qofcyilishi lozim. 0 ‘tmishda noma, albatta, hukmdor tamg‘asi 
bilan muhrlangan. Shoh muhri hukmdorlik belgisi hisoblanib, 
bunday muhrlangan hujjatlarga faqat ikkinchi bir shoh 
muhri orqaligina javob berish mumkin bo‘lgan. Bu, albatta, 
mamlakatlar teng huquqliligining ifodasi bo‘lgan. Hozir ham 
diplomatik hujjatlar davlat gerbi bilan muhrlanadi. Ular, 
asosan, davlat gerbi tasviri tushirilgan qog‘ozga yoziladi. 
Muhmi to‘g‘ri va o ‘z o‘miga qo‘yilishiga alohida e’tibor 
qaratiladi. Muhr qiyshayib qolmasligi, undagi gerb tasviri, 
shuningdek, imzo ham aniq ko4rinib turishi talab qilinadi. 
Diplomatik hujjatlar solib yuboriladigan xatjild xat (qog‘oz) 
hajmi bilan bir xil boiishi kerak. Diplomatik hujjatlami 
pochta orqali yuborish tavsiya etilmaydi, ular shaxsan 

topshirilishi yoki kuryer (chopar) orqali yuborilishi mumkin.
I
Chopar xatjildni vakolatli shaxsga topshirishi va undan tilxat 
olishi kerak.
Diplomatik hujjatlaming shakli, tashqi ko‘rinishi qanchalik 
muhim bo‘lmasin, diqqat-e’tibor asosiy qismga, uning 
mazmuniga qaratilmog‘i lozim. Fikmi aniq, to‘g‘ri, mantiqiy 
izchil, asosli hamda ikkinchi tomonning xususiyatlarini 
hisobga olgan holda bayon etish zarur. Ushbu hujjatlarda 
noaniqlik, dalillami noto‘g‘ri ko‘rsatish boimasligi lozim, 
chunki uni keyin to‘g‘rilab yozish yoki alohida to‘g‘rilab 
ma’lumot berish mumkin emas.
383


Xizmat yozishmalari
Diplomatik 
yozishmalar 
tashqi 
ishlar 
vazirliktari 
tomonidan shu mamlakatning davlat tilida olib boriladi va 
biror xalqaro tildagi tarjimasi ilova qilinadi. Elchixonalar ham 
yozishmalami o‘z davlat tillarida yoki o‘zlari turgan mamiakat 
tilida olib borishlari mumkin. Diplomatik hujjatlarda so‘zga 
e’tibor juda kuchli bo‘lmog‘i kerak. Ulaming tili sodda, 
ravon bo‘lib, ko‘chma ma’nolardan xoli bo‘lmog‘i, so‘z 
mazmun bilan mutlaq mos bo‘lishi, undan boshqacha m a’no 
anglashilmasligi kerak. «Kosa tagida nim kosa» qabilidagi 
ifodalarga diplomatik hujjatlarda o‘rin yo‘q. Agar so‘z 
ma’nosida qandaydir ma’no nozikligi yoki mavhumlik bo‘lsa, 
yaxshisi, uni boshqa so‘z bilan almashtirish zarur.
Demak, diplomatik hujjatlar o ‘ziga xos leksik-uslubiy, 
grammatik, morfologik va sintaktik xususiyatlarga ega.
L e k s i k - u s l u b i y j i h a t d a n diplomatik yozishmalar o‘z 
atamalar tizimiga, qoliplashgan turg‘un birikmalariga, sinonim, 
antonimlar kabi turli ifoda vositalariga ega. Shuni alohida 
ta’kidlab o‘tish kerakki, xizmat xatlari hissiy-bo‘yoqdor 
so‘zlardan xoli bo‘lishi talab etilsa, diplomatik yozishmalar, 
aksincha, hissiy-bo‘yoqdor so‘zlarga boyligi, maqtov va 
iltifot so‘zlariga egaligi bilan ajralib turadi. Maqtov so‘zlari 
diplomatik yozishmalaming eng asosiy turi bo‘lmish nota- 
bayonotlaming zaruriy qismlaridan biri hisoblanadi. Ulaming 
oz-ko‘p qoilanishiga ko‘ra ushbu hujjatlar ma’lum bir turlarga 
ham ajratiladi. Chunonchi, notalarda 
«Janobi oliylari»,
«Hurmatli janob», «Sizga bo 4gan yuksak hurmatimga ishonch
bildirgaysiz»
kabi hurmat-e’zoz so‘zlarining ko‘p qo‘llanishi 
unga do‘stonalik, oz qo‘llanishi esa rasmiy tus beradi.
Diplomatik yozishmalarda sinonimik qatoming ko‘proq 
uslubiy neytral so‘zlari emas, balki ijobiy hissiy-bo‘yoqli 
va kitobiy uslubga xos so‘zlari ko‘p qo‘llanadi. Chunonchi, 
bildiraman
so‘zi o‘mida 
izhor etaman, vaqt
o‘mida
fursat, bir
marta o'midsL bir bora, mansab
o ‘ mida 
lavozim,
ra/jm a/o‘mida 
tashakkur, xursand
so‘zi o‘mida 
mamnun
so‘zlari qo‘llanadi.
384


Xizmat yozishmalari
Diplomatik bayonnomada ko‘chma ma’noda qo‘llanuvchi 
turg‘un so4z birikmalari, jumladan, 
bosh ustiga, boshimiz
ко ‘kka yetdi, к о 'nglingizni cho ‘ktirmang, bir yoqadan bosh
chiqarib, bir tanu birjon bo lib
kabi iboralar, shuningdek, xalq 
maqollari, hikmatli so‘zlar keng qo'llanadi. Bunday turg‘un 
birliklar yozishmaga ko‘tarinki ruh berishga, ta’sirchanlikni 
oshirishga xizmat qiladi. Qadimda xalq iboralari diplomatik 
hujjatlarda, ayniqsa, ko4p qo'llangan bo‘lib, hozir ham ayrim 
rasmiy shaxsiy xatlarda tez-tez uchrab turadi.
Umuman olganda, diplomatik hujjatlarda do4st qiladigan 
ham, dushman qiladigan ham so4zdir. «Aytilgan so‘z - otilgan 
o‘q», deydi xalqimiz. 0 ‘z o4mida aytilgan yoki yozilgan so‘z 
xalqlami bir-biriga yaqinlashtiradi, ba’zi kelishmovchiliklami 
bartaraf etishga yordam beradi. Aksincha, noto4g4ri yoki noo‘rin 
aytilgan so4z esa salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shuning 
uchun diplomatik yozishma olib borilayotganda xalqimizning 
«Tilga ixtiyorsiz - elga e’tiborsiz», «So‘zdan so4zning farqi bor, 
o4ttiz ikki naqli bon> kabi dono o4gitlarini hamisha yodda tutish 
kerak. Yuqorida aytib o4tganimizdek, diplomatik yozishmalar 
alohida atamalar tizimiga ega. Ulaming asosiy qismi xalqaro 
miqyosdagi atama bo4lgani uchun taijimasiz qo4llanadi.
Rasmiy uslubning ushbu turi g r a m m a t i k j i h a t d a n
ham o4ziga xos xususiyatlarga ega. Diplomatik yozishmalarda 
fikr ko4pincha I yoki III shaxs nomidan ifodalanadi, shu 
sababdan gaplaming kesimi I yoki III shaxs shaklida bo4ladi. 
Shuni alohida qayd qilib o 4tish kerakki, diplomatik maktubda 
passiv konstruksiyalar ko‘p qo4llanadi. Hatto bayonni I shaxs 
tomonidan yoki «biz tomondan qabul qilingan qaror» kabi 
majhul shakllarda ifodalash hollari ko‘p uchraydi. Gap va so4z 
birikmalarining ko‘proq biriktimvchi bog4lovchilar 
(ham, va,
hamda)
yordamida, ergash gapli qo4shma gaplaming esa 
-ki,
shuning uchun, shu sababli, shu tufayli
kabi ergashtiruvchi 
bog4lovchilar, ravishdoshning 
-b,
-
ib
shakli vositasida bog4- 
lanishi kuzatiladi. Diplomatik yozishmalarda kirish so‘z va 
kirish birikmalar ko4p qo4llanadi.
385



Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   293




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin