Davlat tilini rivojlantirish departamenti davlat tilida ish yuritish


«Shuni ma ’lum qilish sharafiga muyassar bo ‘ladiki...»



Yüklə 3,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə254/293
tarix24.12.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#191850
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   293
Davlat nilida ish yuritish. Amaliy qo\'llanma. Aminov M va boshq. 2020

«Shuni ma ’lum qilish sharafiga muyassar bo ‘ladiki...»
tarzida 
boshlanishining unchalik farqi yo‘qdek tuyuladi. Biroq bu 
davlatlaming o ‘zaro munosabatiga ta’sir qiluvchi nr- iim
omillardan bin bo ‘lib qolishi mumkin, chunki betakalluf 
aytilgan so‘z, maqtovlarsiz yozilgan hujjatlar davlatlaming 
o ‘zaro munosabatida kelishmovchiliklar mavjudligini ang- 
latadi. Agar biror davlat o ‘zi tomonidan yuborilgan hujjatda 
shunga yo‘l qo‘ysa, ikkinchi tomon ham xuddi shu tarzda 
javob beradi va natijada davlatlaming o ‘rtasiga sovuqchilik 
tushadi.
386


Xizmat yozishmalari
D ip lo m a tik y o zish m a la rn in g tu rlari
Diplomatik yozishmalar juda keng qamrovli bo‘lib, 
ularda mamlakatlaming o‘z mustaqilligini e’lon qilishi va 
boshqa davlatlar bilan diplomatik aloqalar o‘matishiga oid 
masalalargina emas, xalqlaming taqdirini hal etishga qaratilgan 
tinchlik, betaraflik, qurolsizlanish kabi siyosiy masalalar, o‘zaro 
iqtisodiy va madaniy hamkorlik qilishga oid turli masalalar 
ham yoritiladi. Shunga ko‘ra, diplomatik hujjatlarning turi ham 
har xil bo‘lib, har birini yozishning o‘ziga xos qonun-qoidalari 
borki, ularga qat’iy rioya qilinishi shart.
Hozirgi vaqtda davlatlararo aloqalarda diplomatik yozish­
malarning quyidagi turlari faol qo‘llanmoqda:
1. Nota va bayonotlar.
2. Rasmiy xatlar.
3. Ilova xatlar.
4. Yarim rasmiy shaxsiy xatlar (nomalar).
5. Esdalik yozishmalari.
6. Diplomatik (protokol) qaydnomalar.
7. Memorandumlar.
Bu o‘rinda shuni qayd etib o‘tish kerakki, ushbu hujjatlar, 
asosan, o‘zaro yozishmalardan-xatlardan iborat bo‘lgani uchun 
ulami 
diplomatik yozishmalar
deb atash ma’qulroq ko‘rinadi.
Sanab o‘tilgan an’anaviy, barcha tomondan e ’tirof etilgan 
hujjatlar qatorida ko‘pchilik davlatlar qo‘llaydigan, ammo 
unchalik qat’iy bir qolipga, shaklga ega bo‘lmagan hujjatlar 
ham mavjud. Bu guruhga deklaratsiyalar (bayonnoma), davlat 
rahbarlarining murojaatlari, shuningdek, telegrammalar kira- 
di. Keyingi paytda telegrammalar yuborish kengaydi. Ular 
milliy bayramlar, tavallud kunlari, yubileylar munosabati 
bilan yuboriladi. Telegrammani o‘z vaqtida yuborishning ham 
ahamiyati katta. Chunonchi, davlatga yangi rahbar tayinlanishi 
munosabati bilan o ‘z vaqtida yuborilgan telegramma davlatlar 
o‘rtasidagi aloqani yaxshilashga xizmat qiladi.
387


Xizmat yozishmalari
Nota. Davlatlararo yozishmalaming eng asosiy va keng 
tarqalgan turi bo‘lib, biror muhim masala yuzasidan axborot 
beruvchi oliy darajadagi hujjatdir. Unga bevosita davlat 
boshliqlari, prezidentlar, vazirlar, elchilar va boshqa yuqori 
mansabdor shaxslar orasidagi yozishmalar kiradi. Shuningdek, 
nota biror shaxsga bevosita murojaatsiz, ko‘pincha davlatlaming 
davlatlarga, vazirlikning vazirlikka yoki elchixonaga yo‘l lagan 
axboroti sifatida ham yoziladi. Shunga ko‘ra, hozirgi 
vaqtda jahon hamjamiyatida notalaming ikki xil turi keng 
qo‘llanmoqda: shaxsiy nota va verbal nota. Bulaming har ikkisi 
ham hurmat-e ’ zoz so ‘ zlarining qo ‘ llanishiga ко ‘ ra do ‘ stona yoki 
rasmiy tusda bo‘lishi mumkin. Nota do‘stona, iliq munosabatda 
yozilganda, hurmat so‘zlarining me’yordan ortiq qo‘llanishi, 
rasmiy, ya’ni o‘rtacha munosabatni ifodalaganda, shuningdek, 
ta’ziya bildirilganda, maqtov so‘zlarining biroz chegaralangan 
holda qo‘llanishi kuzatiladi.
Shaxsiy va verbal notalarga xos umumiy xususiyatlar 
quyidagilar:
1. Notalar yuqori qismiga davlatning nomi yozilgan va 
davlat gerbining tasviri tushirilgan eng toza, sifatli qog‘ozga 
yoziladi.
2. Qog‘ozning yuqori o‘ng burchagiga nota yo‘llayotgan 
davlat poytaxtining nomi va sana yoziladi.
3. Notaning hajmidan qat’i nazar, birinchi betning pastki 
chap tomoniga u yo‘llanayotgan davlat nomi to‘liq yoziladi, 
xatjild ustida ham xuddi shu manzil ko‘rsatiladi.
Endi ulaming har birini alohida-alohida ко‘rib chiqamiz.
S h a x s i y n o t a - bevosita davlat boshliqlari yoki yuqori 
mansabdor shaxslar o‘rtasidagi diplomatik yozishmadir. 
Bunda ushbu mansabdor shaxslaming lavozim darajalari teng 
bo‘lishi talab qilinadi. Shuni alohida qayd etish kerakki, nota va 
bayonotlarda davlatlaming, lavozimlaming nomlanishida yo‘l 
qo‘yilgan har qanday xato yoki kamchilik mensimaslik yoki 
bepisandlik alomati sifatida qabul qilinadi va mamlakatlaming
388



Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   293




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin