Ilova xat.
Verbal notaga qo‘shimcha yoki javob tariqa-
sida yoziladigan hujjat bo‘lib, unda biror masala bo‘yicha
kengaytirilgan ma’lumotlar berilishi, aw al yuborilgan nota
ga ma’lum tuzatishlar kiritilishi, kelishilayotgan shartnomalar
muddatini belgilash yoki o ‘zgartirish haqida xabar berilishi
mumkin. Ilovada aw algi notaning joriy raqami va u yuboril
gan sana va ilova necha betdan iboratligi, albatta, ko‘rsatilishi
shart. Ilova verbal nota kabi yozilishi yoki ilova nomi bilan
alohida yozilishi mumkin. Har ikki holda ham qaysi notaga
qo‘shimcha qilinayotgani eslatib o‘tiladi. Ilova bilan yubori-
layotgan verbal notalar ham do‘stona va rasmiy tusda bo‘lishi-
ga ko‘ra umumiy qonun-qoidalar asosida yoziladi.
Ilova xatlar biror vakil orqali shaxsan topshirilishi ham,
kuryer (chopar) orqali jo ‘natilishi ham mumkin. Ilova nota bi
lan qo‘shib yuborilsa, manzil va sana yozilmaydi. Agar alohi
da yuborilsa, jo ‘natuvchining manzili va sana ko‘rsatilishi
shart.
392
Xizmat yozishmalari
R a sm iy x a t
- vazirliklar, elchixonalar, vakolatxonalar
o‘rtasidagi yozishma boiib, biror mansabdor shaxs nomidan
yoziladi. Xat so‘ngida shu shaxslaming ismi, otaismi va fa
miliyasi, lavozimi ko‘rsatiladi, biroq imzo qo‘yilmaydi, chun-
ki bunday xatlar umumiy tashkilot nomidan yuboriladi.
Bayonot - biror mamlakatning davlat ahamiyatiga ega
masalalar yuzasidan bergan murojaatnomasi. Bayonotda,
asosan, jahon hamjamiyatiga taalluqli masalalar: urush va
tinchlik, chegara xavfsizligi, mamlakat ichki ishlariga arala-
shishga nisbatan raddiya berish kabi masalalar yoritiladi. Shu-
ning uchun u ko‘pincha tashqi ishlar vazirliklari tomonidan
yoziladi va ommaviy axborotda ham e’lon qilinadi. Ba’zi
hollarda qo‘shma bayonotlar berilishi ham mumkin. Bunday
bayonot bir xil qarashga ega boigan 2-3 mamlakat tomonidan
beriladi.
Bayonot rasmiy tusda yozilgani uchun hurmat-e’zoz
so‘zlaridan xoli boiadi, fikr bevosita koiarilgan masalaga
qaratilib, bayonot qaysi davlatga qanday masalada y o ila-
nayotgani va bayonot yoilovchi mamlakatning ushbu
masalaga munosabati aniq bayon etiladi, zarur o ‘rinlarda da-
lillar bilan atroflicha tushuntirilishi ham mumkin. Bayonot
so‘ngida bayonot yoilayotgan davlat poytaxtining nomi va
sana ko‘rsatiladi, imzo, muhr qo‘yilmaydi. Shuningdek, ikki
davlat rahbarlari, vazirlik va idoralari o‘rtasida birgalikda
bayonot berish tajribasi ham b o iib , u q o ‘s h ma b a y o n o t
deb yuritiladi.
Keyingi yillarda bir davlat ichidagi muassasa va idoralar
o‘rtasida yoki mamlakat hayotidagi muhim voqea-hodi-
sa yuzasidan bir muassasa yoki idoraning bayonoti ham
berilmoqda. Quyida unga ham namuna keltiriladi.
393
Xizmat yozishmalari
1-ilova
O‘zbekiston
Dostları ilə paylaş: |