Xizmat yozishmalari
o‘zaro aloqasiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun
diplomatik hujjatlar bilan shug‘ullanuvchi shaxslar har bir
davlatga aloqador an’ana va nomlanishlami aniq bilishi
talab qilinadi. Davlat rahbarlarining, vazir va boshqa oliy
mansabdorlaming ismi, otaismi va familiyasi to‘liq, hech
qanday qisqartirishsiz yozilishi kerak. I.O.F, lavozimlami
asliga muvofiq yozish hurmat-e’tibor belgisi hisoblanadi.
Ba’zi mamlakatlarda ismlar juda uzun bo‘lib, unda deyarli
barcha avlodlami sanab ko‘rsatish kerak bo‘ladi.
Nota yuborayotgan shaxsning nomi va lavozimi to‘liq
holda bayonotning yuqori chap burchagiga, gerb tasviri
yoniga yozilishi kerak. Nota yuborilayotgan shaxsning nomi
va lavozimi pastki chap qismiga yoziladi.
Shaxsiy notalar quyidagi masalalar bo‘yicha yuboriladi:
1) ishonch yorliqlarini topshirish;
2) elchixona, vakolatxonalaming ochilishi munosabati bilan;
3) davlatning tashkil topgan yoki mustaqillik e’ Ion qilingan
kuni bilan qutlash;
4) milliy bayramlar munosabati bilan qutlash;
5) prezidentlik saylovi yoki referendum munosabati bilan
qutlash;
6) mamlakatda ro‘y bergan muhim ijtimoiy-siyosiy voqea
munosabati bilan;
7) mamlakatda yuz bergan tabiiy ofat (ziizila, suv toshqini
va h.k.) munosabati bilan hamdardlik bildirish;
8) prezident yoki yuqori mansabdor shaxsga aloqador
musibat munosabati bilan ta’ziya bildirish.
Shaxsiy nota muayyan tarkibiy qismlar va o‘ziga xos
lisoniy qoliplarga ega bo‘lib, murojaat, asosiy qism va
xulosaga boiinadi va I shaxs tomonidan yoziladi.
1.
Murojaat shaxsiy nota yo‘llanayotgan shaxsning o‘sha
davlatdagi mavqei, lavozimi darajasiga ko‘ra qoilanadi.
Chunonchi, do‘stona shaxsiy notada murojaatning quyidagi
shakllari mavjud:
389
Xizmat yozishmalari
«Prezident janobi oliylari»,
«Qirol hazrati oliylari»,
«Qirolicha hazrati oliyalari»,
«Bosh vazir janobi oliylari»,
«Hurmatli janob Vazir»,
«Hurmatli janob Elchi»,
«Hurmatli janob Vakil»
va boshqalar.
Nota rasmiy tusda bo‘lsa yoki ta’ziya izhor etilganda,
e ’zoz so‘zlari tushirib qoldiriladi va
«Janob Prezident»,
«Janob Bosh vazir», «Janob Elchi»
tarzida yoziladi. Basharti
nota muvaqqat ishonchli shaxsga yuborilayotgan bo‘Isa,
murojaatda
muvaqqat
so‘zi yozilmaydi.
2. Asosiy qismda hujjat mazmuni yoritiladi. Agar nota
do‘stona tusda yoziladigan bo‘lsa, bu qism ham hurmat
ifodalovchi so‘zlar bilan boshlanadi. Chunonchi:
«Sizga hurmat
bilan shuni m a’lum qilamanki...», «Sizga chuqur hurmat
va ehtiromimni izhor etaman va shuni bildirish sharafiga
muyassarmanki...», «Men Sizjanobi oliylariga o ‘z hurmatimni
izhor etib, shuni bildirish sharafiga muyassarmanki...»
kabi.
Biroq nota rasmiy tusda yozilganda, e’tiroz yoki ta’ziya
bildirilganda, hurmat va e’zoz so‘zlarisiz
«Sizga shuni m a ’him
qilamizki...»
deb, to‘g‘ridan-to‘g‘ri asosiy mazmunga o‘tiladi.
So‘ng asosiy qism quyidagicha beriladi:
«Sizni ...bayrami (kuni) bilan samimiy qutlayman va
mamlakatlarimiz о ‘rtasidagi do ‘stona munosabatlar bundan
keyin ham rivojlanib boradi, deb umid qilaman»; «Sizning
hukumatingiz va ...Respublikasi о ‘rtasida diplomatik aloqalar
о ‘rnatildi va diplomatik vakolatxonalar о *z ishini boshladi»;
«...munosabati bilan chuqur ta ’ziya izhor etaman va qo'li-
mizdan kelgan yordamni ayamasligimizni ma ’lum qilaman»;
«Bizning hukumatimiz ...ni rad qiladi»; «...Respublikasiga
ma ’qul emasligini ma ’lum qilaman»
kabi.
3. Xulosa qismi ham do‘stona yozilgan notalarda hurmatni
ifodalovchi so‘zlar bilan tugallanadi:
390
Xizmat yozishmalari
«Furscitdan foydalanib, yana bir bor Sizga hurmat va
ehtiromimni izhor etaman»; «Imkoniyatdan foydalanib
,
Sizga
bo ‘Igan hurmat va ehtiromimni yana bir bor izhor etaman»;
«Mening hurmat va ehtiromimga yana bir bor ishonch bildir-
gaysiz»
kabi.
So‘ng o‘ng tomonga kimdan, chap tomonga esa kimga
yuborilayotgani yoziladi.
Imzo qo‘yilishdan avval ham hurmat ifodasi yozilishi
mumkin:
«Eng ezgu tilaklar ila»,
«Kamoli ehtirom ila»,
«Hurmat va ehtirom bilan»,
«Sizga chucjur hurmat bilan»
kabi.
Ve r b a l n o t a - hozirgi vaqtda davlatlararo tashqi aloqa-
larda eng ko‘p qo‘llanuvchi hujjat bo‘lib, tashqi ishlar vazir-
liklari, elchixonalaiyvakolatxonalaming asosiy yozishmasidir.
Verbal nota muayyan mansabdor shaxs nomidan yozilishi va
keng qamrovliligi bilan shaxsiy notadan farq qiladi. Unda
hukumatlarga muhim, davlat ahamiyatiga molik masala-
lar va so‘rovlar yuzasidan ma’lumotlar berish, elchixona va
vakolatxonalardagi o‘zgarish!ardan xabardor qilish, viza be
rish yoki uning muddatini cho‘zish, biror mamlakatga tashrif
yoki yirik anjumanda ishtirok etish uchun taklif yoki ruxsat
olish, biror joyga delegatsiya jo ‘natish kabi turli masalalar
yoritilishi mumkin. Verbal nota bevosita shaxslar o ‘rtasida
emas, balki hukumatlar, vazirliklar, elchixonalar, vakolatxona-
lar o‘rtasidagi diplomatik yozishma bo‘lganligi uchun unda
murojaat qismi bo‘lmaydi.
Verbal notaning zaruriy qismlari:
1. Davlat gerbi tasviri tushirilgan maxsus qog‘ozga yozi
ladi.
2. Qog‘ozning yuqori chap burchagiga nota yo‘llayot-
gan hukumat, vazirlik, elchixona yoki davlat mahkan isining
to‘liq nomi yoziladi va joriy raqami qo‘yiladi.
3 9 1
Xizmat yozishmalari
3. Matn bevosita asosiy qismdan boshlanadi va III shaxs
nomidan yoziladi.
4. Matndan so‘ng nota yo‘llovchi davlat poytaxtining
nomi va sana yoziladi.
5. Pastki chap burchagida nota yo‘llanayotgan mahkama
va o‘sha davlat poytaxtining nomi ko‘rsatiladi.
6. Nota Tashqi ishlar vazirligi yoki vakolatxonalar muhri
bilan tasdiqlanadi.
7. Verbal notaga imzo qo‘yilmaydi.
Verbal nota ham do‘stona, iliq munosabatni ifodalaganda,
hurmat va e’zoz so‘zlari bilan boshlanib, hurmat so‘zlari bilan
tugallanadi. Aks holda, bunday so‘zlar tushirib qoldiriladi.
Notalar boshqacha shakllarda ham yozilishi mumkin.
Chunonchi, ba’zi notalarda qayerga yuborilayotganini yuqori-
ga yozish yoki har ikkovini ham pastki qismga yozish hol-
lari uchraydi. Shuningdek, ba’zilarida matndan oldin «Verbal
nota» yoki «Nota» deb yozib qo‘yiladi. Gerb tasviri chekka
qismda emas, o‘rtada bo‘lishi ham mumkin.
Dostları ilə paylaş: |