Davlat tilini rivojlantirish departamenti davlat tilida ish yuritish



Yüklə 3,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/293
tarix24.12.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#191850
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   293
Davlat nilida ish yuritish. Amaliy qo\'llanma. Aminov M va boshq. 2020

Muqaddima
mila yangi bosqich boshlandi, so‘z va ish birligi tamoyili rost 
o ‘zanlarda namoyon b o 4 la boshlamoqda. Davlatimiz rahbari 
tajribali tabibday tilimiz tomirlarini qo‘lida tutib, uning dard-u 
og‘riqlariga malham topmoqda, qaddini ozod ko‘tarishi va 
emin-erkin faoliyati uchun madad berish y o ilarini ko‘rsat- 
moqda. Mamlakatimizning milliy yuksalishday ulug‘ va ezgu 
maqsadlarga erishuvida ona tili - davlat tili benazir tayanch- 
dir. Shuning uchun ham Prezidentimiz o ‘z nutqlarida «davlat 
tili masalasi milliy g loyamizning asosiy tamoyillaridan bin 
boMishi zarun>ligini alohida uqtirdilar.
0 ‘zbek tilining ham ona tili, ham davlat tili sifatidagi 
taraqqiyotini ta’minlash, hech bir shubhasiz, milliy manfaat- 
larimiz himoyasining tamallarini tashkil etadigan muqaddas 
harakatlardan hisoblanadi. 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi huzuridagi Davlat tilini rivojlantirish departamen­
ti bugun ana shunday harakatlaming boshini qovushtirish, bu 
boradagi ishlarga yangicha ruh berish maqsadida faoliyat olib 
bormoqda. Shuningdek, o ‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nu- 
fuzi va mavqeini tubdan oshirishga yo‘naltirilgan ilmiy-ama- 
liy tadqiqotlami qo‘llab-quwatlashi, o‘zbek tilining boy ifoda 
imkonlarini ko‘rsatadigan izohli va terminologik lug‘atlami 
nashr etish, ilmiy asoslangan yangi so‘z va atamalaming o ‘zbe- 
kona muqobillarini yaratish va bir xilda qo‘llanishini ta’min­
lash, pirivordida esa har bir fuqaro qalbida davlat tiliga ehtirom 
tuyg‘usini shakllantirishga alohida e ’tibor berib kelmoqda.
Davlat tilining jadal joriy qilinishidagi o ‘zak masalalardan 
biri mamlakatimizda ish yuritish tizimini to ‘lasicha o‘zbek ti­
liga o ‘tkazishdan iborat. Bunda ish yuritish bolyicha turli, hat- 
to aniq sohalar bo‘yicha qo‘llanmalar yaratish va ko‘p nusxa- 
larda nashr qilish ham alohida amaliy ahamiyat kasb etadi. 
Ayni paytda turli soha xodimlarining ish yuritish borasidagi 
bilim va malakalarini muntazam oshirib borish ham zaruriy 
ehtiyojlardandir. Shuning uchun ham hukumatning 2020- 
yil 3-martdagi qaroriga muvofiq, Alisher Navoiy nomidagi
5


Muqaddima
Toshkent davlat о ‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzurida 
hududlardagi davlat universitetlari va pedagogika institutlari 
qoshida bo‘linmalarga ega bo‘lgan Davlat tilida ish yuritish 
asoslarini o ‘qitish va malaka oshirish markazi tashkil etildi.
Kishi o ‘z fikrini aniq va ravon ifodalashi uchun tildagi 
uslublardan ham xabardor bo ‘lishi, kundalik so‘zlashuv tilidan 
tashqari, rasmiy ish yuritish tilini ham bilishi kerak. Chunki 
oddiy ishchimi, dehqonmi, tadbirkormi yoki ziyolimi, baribir, 
hech boMmaganda, ariza, tilxat yoki ishonchnoma yozishiga 
to ‘g ‘ri keladi. U yoki bu darajadagi korxona, muassasa yoki 
tashkilot rahbarining faoliyatini esa ish yuritish qog‘ozlarisiz 
ta saw u r etib b o ‘lmaydi. Shuning uchun ham «Davlat tili ha- 
qida»gi Qonunimizning o ‘zak moddalari (8-14-m oddalar)da 
ish yuritishning tilga aloqador jihatlari qoidalashtirilgan.
Ish yuritishning bevosita asosini hujjatlar tashkil qila- 
di. Mazmunan, hajman va shaklan xilma-xil b o ‘lgan hujjat­
lar katta-yu kichik mehnat jamoalarining, umuman, kishilik 
jamiyatining uzluksiz faoliyatini tartibga solib turadi. Zero, 
hujjatlar kechagina paydo boMgan narsa emas, kishilik jam i- 
yati shakllanishi bilanoq bu jam iyat a ’zolari o ‘zaro munosa- 
batlaridagi muayyan muhim holatlami muntazam va qat’iy 
qayd etib borishga ehtiyoj sezganlar. Ana shu ehtiyojga javob 
sifatida, tabiiyki, ilk, ibtidoiy hujjatlar yuzaga kelgan.
Bobilning miloddan aw alg i 1792-1750-yillardagi shohi 
Xammurapining adolatpesha qonunlar majmui, undan ham 
qadimroq shoh Ur-Nammu (miloddan aw alg i 2 1 12-2094-yil- 
lar)ning qonunlari1 va boshqa manbalaming mavjudligi 
«hujjatlar» deb ataladigan tartibot vositalarining nechog‘li 
olis va murakkab tarixga ega ekanligini ko‘rsatadi. Albatta, 
kishilik jamiyatining taraqqiyoti, ijtimoiy-iqtisodiy tuzum- 
laming almashinishi, aniqrog‘i, kishilar o ‘rtasidagi ijtimoiy
iqtisodiy va siyosiy munosabatlaming takomillashishi baro- 
barida hujjatlar ham takomil topib borgan. Bugungi kunda 
fanga tariximizning turli davrlarida o ‘rxun-enasoy, sug‘d,
1 Qarang: Кьера Э. Они писали на глине. - М., 1984, стр. 124.



Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   293




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin