Muqaddima
eski uyg‘ur, arab va boshqa yozuvlarda bitilgan juda ko‘plab
hujjatlar, umuman, yozma manbalar m a’lum.
Sharqda X -X IX asrlarda yorliq, farmon, noma, bitimlar,
arznoma, qarznomalar, vasiqa, tilxat yoki mazmunan shunga
yaqin hujjatlar nisbatan keng tarqalgan. Yorliqlar mazmunan
xilma-xil bo‘lgan: xabar, tavsif, farmoyish, bildirish, tasdiqlash
va h.k. Bu o ‘rinda Tocxtamishxonning 1393-yilda polyak qiroli
Yag‘aylaga yoMlagan yorlig‘i, Temur Qutlug‘ning 1397-yilda-
gi yorlig‘i, Zahiriddin Bobuming otasi Umarshayx Mirzoning
marg‘ilonlik Mir Sayid Ahmad ismli shaxsga 1469-yilda bergan
yorlig‘i,! Toshkent hokimi Yunusxo‘janing 1797-yil 2-iyunda
Peterburgga - Rossiya podshosiga o ‘z elchilari orqali yuborgan
yorlig‘i2 va boshqalami eslab o ‘tish mumkin.
Mazkur davr yorliqlarida o ‘ziga xos lisoniy qolip shakl-
langan, yorliqlar matn jihatidan an’anaviy tarkibiy qismlarga
ega b o ‘lgan. Masalan, eslab o ‘tilgan yorliqlaming birinchisi
- «To‘xtamish so‘zim Yag‘aylag‘a» deb, ikkinchisi «Temur
Qutlug* so‘zim» deb, uchinchisi esa - «Sulton Umarshayx
Bahodur so ‘zim» deb boshlangan. Bayonda ham muayyan
qolip bor, shuningdek, albatta, yorliq yozilgan sana va joy
ko‘rsatilgan.3
XIX asrda Q o‘qon xonligida keng tarqalgan hujjatlardan
biri «patta»lardir.4 Pattada m a’lum kishiga muayyan miqdor-
dagi pul, mahsulot, urug‘ (don) yoki boshqa narsalami berish
lozimligi haqida m a’lumot aks ettirilgan. Patta matnlarida
ham o ‘ziga xos doimiy muayyan tarkib va nutqiy qolip bor-
ki, bu ham o ‘zbek (turkiy) hujjatchiligi uzoq tarixiy tajriba va
tadrijiy takomil mahsuli ekanligining dalilidir.
1 Qarang: Sodiqov Q. Eski uyglur yozuvi. T. 1989, 34-35-betlar.
2 ЦГВИА РФ, Архив внешней политики России. Фонд Ташкентские дела, опись
111/1, дело № 1, опись 132/1, дело № 6.
3 Yorliqlaming xususiyati va matniy tarkibiy qismlari haqida qarang: Григорьев
А.П. Конкретные формуляры чингизидских жалованных грамот XIII-XV вв.
//: Тюркологический сборник. - М., 1978, стр. 1 9 8 -2 1 8 .
4 Qarang: Троицкая A.JI. Ганчи, Ганчибоши в Кокандском ханстве (XIX в.) //
Тюркологические исследования. М. - Д., 1963. стр. 252.
7
Muqaddima
O ktyabr to ‘ntarishidan key in sho‘rolar tuzumi iqtisodiy,
ijtim oiy-siyosiy va madaniy hayotning barcha sohalarini o ‘zi-
ning istibdod y o ‘rig ‘iga soldi. Butun mamlakatdagi hujjatchi-
lik, idoraviy ish yuritish tamoyillari ham bu yo‘riq sirtm og‘idan
chetda qolmadi. Mohiyatan o ‘ta g ‘irrom til siyosati tufayli
m illiy jum huriyatlardagi tillarning ijtimoiy mavqei pasayib
bordi. Turkiston o ‘lkasining 1918-yildagi Asosiy qonunida
o ‘zbek va rus tillari davlat tili deb e ’lon qilingan. Holbuki,
o ‘sha davrdagi o ‘lka nufusining 37 foizini o ‘zbeklar, 35 foi-
zini qirg‘izlar (qozoqlar bilan birga), 17 foizini tojiklar va ati-
gi 7 foizinigina ruslar tashkil etar edi. Bu hoi hisobga olinsa,
davlat tilini belgilashdagi mantiqning sog‘lom emasligini aniq
ko'rish mumkin. Tabiiyki, rasman o ‘zbek va rus tillari davlat
tili deb e ’lon qilingan bo‘lsa-da, amalda idoraviy ish yuritish
rus tilida olib borilavergan.
Mehnatni ilmiy tashkil qilish muammolariga bag‘ishlab
1921-yilda o ‘tkazilgan Butun Rossiya konferensiyasi kun
tartibiga kiritilgan boshqarish mehnatini ilmiy tashkil qilish
va hujjatlar bilan ishlash masalasi, shuningdek, mamlakatda
bu ishlami muvofiqlashtiruvchi va yo ‘lga solib turuvchi max-
sus tashkilot tuzish masalasining asl mohiyati ham rus tilining
ijtimoiy mavqeini yanada kuchaytirishdan iborat edi.
Sho‘ro siyosati go‘yoki o ‘zini «millatlar va tillarning
tengligini ta ’minlash» tamoyilini amalga oshirganday qilib
ko‘rsatish maqsadida jumhuriyatimizda idoraviy ish yuri-
tishni o ‘zbekchalashtirish borasida b a’zi harakatlami amalga
oshirgan. 0 ‘zbekiston jum huriyatining inqilobiy qo‘mitasi
1924-yilning 31-dekabrida 48-raqamli bir qaror qabul qilgan.
Bu qaroming nomi aynan mana bunday: «Ishlami o ‘zbek tilida
yurgizish ham О ‘zbekiston jum huriyatining inqilobiy q o ‘mi-
tasi huzurida markaziy yerlashtirish hay’ati va mahallalarda
muzofot yerlashtirish h ay’atlari tuzilish(i) to ‘g ‘risida». Ush-
bu qaror, unda ta ’kidlanishicha, sho‘ro idoralarining ishlarini
yerli xalqqa yaqinlashtirish maqsadi bilan qabul qilingan.
8
»
|