Davlat tilini rivojlantirish departamenti davlat tilida ish yuritish



Yüklə 3,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/293
tarix24.12.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#191850
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   293
Davlat nilida ish yuritish. Amaliy qo\'llanma. Aminov M va boshq. 2020

Muqaddima
Qarorda hukumat, kooperativ, xo‘jalik idoralari va bosh­
qa muassasa, tashkilot va korxonalar jumhuriyatning bo‘list 
(волость) ham uyaz (уезд) doiralarida butun yozuv ishlari- 
ni faqat o ‘zbek tilidagina yurgizishga majbur etish vazifa- 
si qo‘yiladi. Buning uchun korxona, tashkilot va muassasa- 
larda «ishlami o ‘zbek tilida yurgizish bo‘lmalari(ni) tashkil 
qilmoq», yo'riqnom alar nashr etish, «yerlik xalqdan amaliy 
ishchilar (ish yuritish bo‘yicha) tayyorlamoq» va boshqa tash- 
kiliy ishlami amalga oshirish lozimligi ko‘rsatib o ‘tilgan. Bu 
qaromi joriy qilish yuzasidan, tabiiyki, muayyan ishlar amal­
ga oshirilgan, xususan, maxsus ish qog‘ozlari tayyorlangan. 
Lekin 30-yillaming 2-yarmidan boshlab o ‘zbek tiliga bo‘lgan 
e ’tibor rasman susayib borgan. 0 ‘sha murakkab tarixiy jarayon, 
xalqlaming milliy o ‘zliklarini anglashlaridan hokimiyatning 
dahshatli qo‘rquvi, bu qo‘rquv esa hukmron qatag‘on davrining 
achchiq samarasi ekanligi bugun hech kimga sir emas.
Aytish lozimki, yaqin o ‘tmishimizda barmoq bilan sanarli 
miqdordagi hujjatlar o ‘zbek tilida yozilgan. Ammo bu hujjat- 
laming tilini sof o ‘zbekcha deb aytish ancha qiyin. Yaqin- 
yaqinlargacha «Berildi ushbu spravkani falonchiyevga shul 
haqdakim, haqiqatan ham bu o ‘rtoq shul joyda yashab turadi» 
qabilidagi 20-yillarda m s tilidan andoza olish tufayli paydo 
bo‘lgan, y a’ni shaklan o ‘zbekcha m a’lumotnomalar yozib 
kelindi. Rus tilida mazkur matnning asli «Дана настоящая 
справка Иванову в том, что товарищ Иванов действительно 
проживает по такому-то адресу» tarzida b o iib , bu matn til 
nuqtayi nazaridan benihoya tugal, lo‘nda va benuqson. Ammo 
o ‘zbek tilida ayni so‘z tartibini saqlashning o ‘ziyoq o ‘zbek 
tilining tabiatiga mutlaqo zid. Rus tilidan andoza olish (aytish 
kerakki, bunday hoi boshqa tillarda, masalan, tatar tilida ham 
kuzatiladi), biron-bir darajada bo‘lsin, o ‘zini oqlay olmaydi. 
Umuman, o ‘zbek hujjatchiligining boy va uzoq tarixdagi ilk 
bosqichlaridan ibtido olgan an’anasi mavjud bo‘lsa-da, Ok- 
tyabr to‘ntarishidan keyin boshqa joylarda bo‘lgani kabi jum -
9


Muqaddima
huriyatim izda hujjatchilik bevosita o ‘zbek tili negizida rivoj- 
lantirilmadi. Bu sohadagi asosiy y o ‘nalish nusxa k o ‘chirish- 
dan iborat b o ‘lib qoldi.1 A na shuning va boshqa bir qancha 
om illar natijasida o ‘zbek tilining rasmiy ish uslubi yaqin tari- 
xim izda deyarli takomil topmadi.
0 ‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan bugungi kunda 
hujjatchilikning shakllanishi uchun butun imkoniyatlar ochildi.
M uassasa, tashkilot, korxona va birlashmalardagi ishni 
ishlab chiqarish taraqqiyotiga muvofiq tashkil etishda, umu- 
man, boshqaruv sohasida hujjatlam ing о ‘mi va ahamiyati be- 
qiyosdir. Ayni paytda, hujjatlar matnini tuzish boshqamv ap- 
parati faoliyatidagi eng sermehnat va sermashaqqat jarayondir. 
Bu jarayonning oqilonaligi va samaradorligini oshirmasdan 
turib, umum iy boshqam v madaniyatini yuksaltirib bo‘lmay- 
di. Jamiyat hayoti barcha jabhalarining jadal rivoji esa bosh­
qam v madaniyatining darajasiga bevosita bog‘liq. Shuning 
uchun ham zamonaviy rahbar har qanday zam riy axborotni 
rasmiy-ish tilining tegishli shakllarida bemalol ifodalay oli- 
shi, idoraviy ish yuritish malakalarini puxta egallagan b o iish i 
zarur.
Hujjatshunos A.S. Golovach shunday ta ’kidlaydi: «Bosh­
qam v sohasidagi kam chiliklam ing asosiy sabablaridan biri 
ayni soha xodimlarining k o ‘pchiligida nazariy va amaliy 
tayyorgarlikning b o ‘shligidir, ular muassasa, tashkilot va kor- 
xonalarda qabul qilingan hujjatlar bilan ishlash y o ‘riqlari, 
usullari va yo ‘llari majmuini yetarli darajada bilmaydilar».2 
B a’zan hujjatlarga jiddiy munosabatda bo ‘linmaydi, unga 
shunchaki bir qog‘ozbozlik, nokerak va ortiqcha bir ish sifati­
da qaraladi. Bu, albatta, nomaqbul munosabatdir. M ukammal 
va oqilona tashkil etilgan hujjatchilik har qanday idoradagi
1 Shu nuqtayi nazardan K. Gromatovichning O'zbekiston Davlat nashriyotida 
1930-yilda rus va o ‘zbek tillarida nashr etilgan «Ish qog‘ozlari namunalari — 
Образцы деловых бумаг» nomli qo‘llanmasini ko‘rsatish raumkin. Bu qo‘llanma 
rus tilidagi tegishli hujjatlardan to*la nusxa ko'chirish asosida yaratilgan.
2 Qarang: Головач A.C. Оформление документов. Киев - Донецк, 1983, стр. 3.
10



Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   293




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin