Yo ‘riqnoma
Lavozim у о
‘riqnomasi namunasi
2-ilova
0 ‘zbekiston montaj va
maxsus qurilish ishlari
uyushmasi
«Avtokorxona» boshqaruvining
2019-yil 15-martdagi 2-raqamli
bayonnomasi bilan
Tasdiqlangan
YUK AVTOMOBILLARI
ISHLARINI HISOB-K1TOB
QILISH TARTIBOTI HAQIDA
LAVOZIM YO‘RIQNOMASI
Korxona yuk tashuvchi mashinalaridan to‘liq va unumli foy-
dalanish uchun mavjud qoidaga muvofiq yuk avtomobillari ishla-
rini hisob-kitob qilishning quyidagi tartiboti o‘matilsin:
1. Dispetcher yuk mashinalarining yo‘l qog‘ozini ish kunining
boshlanishi oldidan har bir avtomashinaga alohida yozib beradi
(uzoq xizmat safaridagilar uchun istisno qilinadi) va uni har bir
haydovchiga tilxat bilan (imzo chektirib) topshiradi. Yo‘l qog‘ozi-
ni bir yuk avtomobilidan ikkinchisiga berish ruxsat etilmaydi.
2. Yo‘l qog‘ozining barcha zaruriy qismlari to‘g‘ri va aniq
toMdirilishi kerak. Tuzatilgan yoki yozuvlari o‘chirilgan yo‘l
qog‘ozlari tasdiqlovchi hujjat sifatida qabul qilinmaydi.
3. Yonilg‘i va moylar, korxona hisobchilari oy boshida hay
dovchiga ajratgan normalangan miqdor ko‘rsatkichiga muvofiq
tilxat bilan beriladi.
4. Ish kuni tugagandan so‘ng yo‘l qog‘ozi dispetcherga qay
tarilishi kerak. Ayni vaqtda idishda qolgan yonilg‘i miqdori
o‘lchanadi va bu o‘lchov yo‘l qog‘ozining tegishli joyiga yozib
qo‘yiladi.
5. Har bir avtomobil bo‘yicha yuk avtomashinalari ishlari
ko‘rsatkichi kunma-kun tartibda yuk avtomobillari ishlarining
hisob-kitobi qaydnomasida yozib boriladi, shu asosda dispetcher
har bir oy uchun avtomobillar ishlari hisob-kitobining qo‘shma
qaydnomasini tuzadi.
Dostları ilə paylaş: