3.2. Nashriyot barcha bosmaxonalar, tashkilotlar va mualliflar
bilan shartnoma asosida ish olib boradi.
3.3. Matbaa mahsuloti nashriyot rahbari yoki uning vakolati
bilan ish ko‘ruvchi shaxs ruxsat bergandan keyingina tarqatuvga
chiqariladi.
3.4. Nashriyot o‘z xo‘jalik faoliyatini yuritishi uchun
0 ‘zbekiston Respublikasining hamma hududlarida va xorijiy
davlatlarda firma do‘konlari, savdo shoxobchalari Ьафо etish,
qo‘shma va kichik korxonalar ochish, qonunda belgilangan
tartibda ulami tasarruf etish, shuningdek, tashqi va ichki iqtisodiy
faoliyat bilan bog‘liq bo‘Igan muomalalami amalga oshirish,
chet el firmalari bilan bevosita shartnomalar tuzish, ular bilan
hamkorlikda kitoblar nashr etish huquqiga ega.
3.5. Nashriyot o‘z mahsulotlarini mustaqil ravishda davlat
savdo tarmoqlari, tijorat yoki xususiy savdo korxonalari va
tarqatuvchilari orqali naqd pulga va pul o‘tkazish yo‘li bilan sotish
huquqiga ega.
3.6. Nashriyot davlat, tijorat va boshqa tashkilotlardan ular bilan
tuzilgan shartnomalar bo‘yicha tovar birjalarida, yarmarkalarda
barter va h.k. bo‘yicha amaldagi qonunchilikda belgilangan o‘z
huquqlari doirasida cheklanmagan miqdorda moddiy-texnika
mahsulotlarini sotib olishi mumkun.
3.7. Nashriyot o‘ziga tegishli binolar, inshootlar, uskunalar,
asboblar, madaniy-ma’rifiy va sog‘lomlashtirish maqsadlari uchun
mo‘ljallangan mulklarga, pul mablag‘lari va boshqa qimmatbaho
qog‘ozlarga hamda ushbu Nizomda ko‘zda tutilgan boshqa
faoliyatlami moddiy ta’minlash uchun zarur boMgan mablag‘larga
egalik qilishi mumkin.
3.8. Nashriyotga biriktirilgan asosiy va aylanma mablag‘lar
uning Nizom jamg‘armasini tashkil etadi, uning miqdori nashriyot
balansi bilan belgilanadi. Nizom jamg‘armasidan tashqari
boshqa jamg‘armalar ham barpo etilishi mumkin. Ijtimoiy, zaxira
jamg‘armalari, ishlab chiqarishdagi favqulodda hodisalardan
himoyalanish jamg‘armasi shular jumlasidandir.
3.9. Nashriyot xodimlaming mehnat va turmush sharoitlarini
yaxshilab borishi, ulaming ijtimoiy va iqtisodiy manfaatlarini
himoya etishi, xodimlaming malakasini oshirib borishi, mehnat
muhofazasi me’yorlariga rioya etishi shart.
Dostları ilə paylaş: