Davlat tilini rivojlantirish departamenti davlat tilida ish yuritish



Yüklə 3,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/293
tarix24.12.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#191850
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   293
Davlat nilida ish yuritish. Amaliy qo\'llanma. Aminov M va boshq. 2020

68


Nizom
3.10. Moddiy rag*batlantirish tartibini ishlab chiqadi va 
tasdiqlaydi hamda muddatlarini belgilaydi.
3.11. Ishlami bajarish uchun o‘rindoshlik shartlari asosida 
yuqori malakali mutaxassislami jalb qiladi, ulaming mehnatiga 
haq to‘lash miqdori va tartibini belgilaydi.
IV. MULKI VA MABLAG‘LARI
4.1. Nizom jamg‘armasini hosil qiluvchi asosiy va aylanma 
mablag‘lar, shuningdek, nashriyotning mustaqil balansida aks 
etadigan boshqa boyliklar nashriyot mulkini tashkil etadi.
4.2. Nashriyot o‘zining asosiy va aylanma mablag‘larini 
belgilangan maqsadga muvofiq ishlab chiqarish, xo‘jalik faoliyati 
uchun sarf qiladi.
4.3. Nashriyot o‘z tasarrufidagi mol-mulkiga nisbatan 
qonunga zid bo‘lmagan har qanday harakatlami amalga 
oshirishi, jumladan, uni boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga 
sotishi, topshirishi, ayirboshlashi, ijaraga berishi, vaqtinchalik 
foydalanish uchun bepul yoki qarzga berishi mumkin. Soliqlami, 
byudjetga to‘lanadigan boshqa to‘lovlami to‘lagandan keyin 
nashriyotda qolgan foyda to‘la-to‘kis uning tasarrufiga o‘tadi 
va sof foydani qaysi sohalarga ishlatishni o‘zi mustaqil hal 
etadi.
4.4 Nashriyot mablag‘lari ishlab chiqarish faoliyatidan 
olinadigan daromaddan, kreditlar va boshqa tushumlardan hosil 
bo‘ladi.
4.5 Nashriyot ensiklopedik nashrlar tannarxini arzonlashtirish 
uchun davlat byudjetidan ajratiladigan mablag‘lami matbaa 
xomashyolari, texnika vositalari sotib olish hamda xodimlaming 
oylik ish haqlari uchun sarf etadi.
4.6. Nashriyot o‘z manfaatlarini huquq nuqtayi nazaridan hi- 
moya qilishni ta’min etadi, pul mablag‘laridan oqilona foydalanish 
bo‘yicha chora-tadbirlami amalga oshiradi.
4.7. Davlat va uning organlari nashriyotning o‘z zimmasiga 
olgan majburiyatlari yuzasidan javobgar bo‘lmaydi. Xuddi 
shuningdek, nashriyot ham davlat va uning organlari olgan 
majburiyatlar yuzasidan javobgar boimaydi.
4.8. Joriy yilda foydalanilmay qolgan mablag‘lar olib qo‘yil- 
maydi, kelgusi moliya yiliga o‘tkaziladi.

Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   293




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin