Tashkiliy hujjatlar
6. Tomonlaming huquqiy manzillari.
7. Tomonlaming imzolari va muhrlari.
Shartnomalar ulami tuzishga vakil qilingan shaxslar tom o
nidan
imzolanadi; bunda «imzo» degan zaruriy qismda imzo
qo‘ygan
shaxslam ing lavozimlari emas, balki shartnomaviy
munosabatlar o ‘matayotgan huquqiy (yuridik)
shaxslam ing
(to‘liq yoki qisqargan) nomi ko‘rsatiladi.
Shartnomalar ikki nusxadan kam tuzilmasligi lozim, chun-
ki har bir huquqiy shaxsning hujjatlar yig‘masida kamida bir
nusxasi bo‘lishi kerak. Shartnomaning barcha nusxalari bir xil
huquqiy kuchga ega b o ‘ladi.
Shartnoma matni varaqning
har ikkala tomoniga komp-
yuterda bir oraliq bilan yoziladi, boblaming bandlari esa o ‘zaro
bir yarim oraliq bilan ajratiladi. «SH A R T N О M А» so‘zini
katta harflar bilan orasini ochiq qilib yozish tavsiya etiladi.
Yuqorida aytib o‘tilganidek, shartnomalar o ‘z shakli va maz-
muniga ko‘ra nihoyatda xilma-xildir. Quyida ulaming ba’zilari-
ga, ulami tuzish va rasmiylashtirish bilan bog‘liq omillarga qis-
qacha to‘xtalib o ‘tamiz, zarur o‘rinlarda namunalar keltiramiz.
M a’lumki, 0 ‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mah-
kamasining 1993-yil 19-iyundagi 297-sonli va 0 ‘zbekiston
Respublikasi Fan va texnika davlat qo‘mitasining 1993-yil
26-iyundagi qarorlariga muvofiq, o ‘quv
yurtlari va ilmiy
muassasalar, jum ladan, 0 ‘zR Fanlar
akademiyasi tizimidagi
barcha ilmiy tadqiqot muassasalari, loyihalash va konstruktor-
lik byurolari 1994-yil yanvar oyidan boshlab barcha toifada-
gi xodimlami shartnoma (kontrakt) bo‘yicha
ishga yollashga
o ‘tdi (keyinchalik oliy o ‘quv yurtlari xodimlari uchun kon
trakt tizimi bekor qilindi).
Bunday tizim joriy etilishining asosiy maqsadi respub-
likadagi mavjud ilmiy xodimlardan unumli foydalanish, ilmiy-
tadqiqot ishlari
samaradorligini kuchaytirish, ilmiy xodimlar
m as’uliyatini oshirish va ulaming
mehnatini qadrlash hamda
rag‘batlantirishdan iboratdir.
Dostları ilə paylaş: