Hujjatlar ustida ishlash tartiboti
Tarkibiy bo ‘linmalar tomonidan tayyorlangan ro ‘yxatlar
idoraviy arxiv tayyorlaydigan tashkilotlar yig‘ma ro ‘yxatini
tayyorlash uchun asos b o ‘lib xizmat qiladi va ular bo‘yicha u
hujjatlar yig‘majildlarini davlat saqloviga topshiradi.
Tashkilotlar tarkibiy bo‘linmalarining ro ‘yxatlari ikki
nusxada tuziladi, ulardan bittasi hujjatlar yig‘majildlari bilan
birga idoraviy arxivga beriladi, ikkinchisi esa - nazorat nus
xasi sifatida tarkibiy b o ‘linmada qoldiriladi (10-ilovada uning
shakli berildi); uzoq vaqt saqlanadigan hujjatlar yig‘majildlari-
dagi ro ‘yxatlar «saqlash muddati, ro ‘yxatlar b o ‘yicha modda»
degan qo‘shimcha ustunga ega bo‘ladi.
Ro‘yxatlaming har qaysi nusxasining oxirida arxivga
amalda berilgan (qabul qilingan) hujjatlar yig‘majildlari soni,
mavjud bo‘lmagan hujjatlar yig‘majildlari tartib raqamlari,
raqamlar va so‘z bilan ko‘rsatiladi, qabul qilish-topshirishni
amalga oshiruvchi xodimlaming imzolari qo‘yiladi, sanasi
k o ‘rsatiladi.
Dostları ilə paylaş: