Davlat tilini rivojlantirish departamenti davlat tilida ish yuritish



Yüklə 3,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə189/293
tarix24.12.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#191850
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   293
Davlat nilida ish yuritish. Amaliy qo\'llanma. Aminov M va boshq. 2020

Tasdiqlayman
Norin tumani
6-oilaviy poliklinika 
bosh vrachi Salim Akramovich 
Badalov 
(imzo)
2019-yil 22-dekabr
Yo‘q qilish D A L O L A T N O M A S I
Ushbu dalolatnoma 2019-yil 24-fevral soat 11:25 da Komis­
siya a’zolari tomonidan quyidagi qo‘llash uchun yaroqsiz dori
vositalari va tibbiy buyumlarning yo‘q qilinganligi haqida tu­
zildi.
Yo‘q qilinayotgan dori vositalari va tibbiy buyumlarning nomi, 
seriya raqami, o‘ramlar soni quyidagicha:
TATXIMFARM tomonidan 2015-yilda ishlab chiqarilgan 100 
(yuz) o‘ram «Sitramon» dori vositasi (seriya raqami: R-DV/M 
02453/03/15) 2019-yil 22-dekabrda aholi yashash manzilidan 
uzoq bo‘lgan hududda ko‘mib yuborish usuli bilan yo‘q qilindi.
Yo‘q qilishda ishtirok etganlar:
Badalov Salim Akramovich, 6-oilaviy poliklinika bosh vrachi
(imzo)_267___Ma_lumot-axborot_hujjatlari'>(imzo)
267


Ma lumot-axborot hujjatlari
Oripova Dilnoza Yo‘ldoshevna, 6-oilaviy poliklinika umumiy 
amaliyot shifokori
(imzo)
Sharipova Dilorom Tursunovna, 6-oilaviy poliklinika katta 
hamshirasi
(imzo)
Alimova Bamo Qozoqovna, 6-oilaviy poliklinika dorixonasi 
hamshirasi
(imzo)
Sattorova Mahbuba Ravshan qizi, 6-oilaviy poliklinika xo‘ja- 
lik bo‘limi boshlig‘i
(imzo)
M .0 ‘ .
268


Ishonchnoma
ISH O N C H N O M A
Muayyan muassasa yoki ayrim shaxs o ‘z nomidan ish 
ko‘rish uchun ikkinchi bir shaxsga ishonch bildiradigan yoz­
ma vakolatli hujjat. Ishonchnomalar o‘z mazmuniga ko‘ra, 
mol-mulkni boshqarish, pul va moddiy-buyum boyliklarini 
olish, sud hamda notarial idoralarda, shuningdek, boshqa dav­
lat va nodavlat idoralarda ish olib borish va boshqa ishlami 
amalga oshirishni ifodalaydi.
0 ‘zbekiston 
Respublikasi 
Fuqarolik 
kodeksining 
134-moddasida ishonchnomaga quyidagicha ta’rif berilgan: 
«Bir shaxs (ishonch bildiruvchi) tomonidan ikkinchi shaxs 
(ishonchli vakil)ga uchinchi shaxslar oldida vakillik qilish 
uchun berilgan yozma vakolat ishonchnoma hisoblanadi. 
Ishonchli vakil o ‘ziga ishonchnoma bilan berilgan vakolatlar 
doirasida ish olib boradi».
Muayyan ish-harakatni bajarishga vakolat berish kirn 
tomonidan (muassasa tomonidanmi yoki ayrim shaxs tomo- 
nidanmi) rasmiylashtirilishiga qarab, ishonchnomalar rasmiy 
(xizmat) va shaxsiy turlarga bo‘linadi.
R a s m i y ( x i z m a t s o h a s i d a g i ) i s h o n c h n o m a l a r
davlat muassasalari, kasaba uyushmasi, fermer xo‘jaligi, ja- 
moat tashkilotlari muayyan lavozimli shaxsga uning muayyan 
tashkilot tomonidan ish yuritishga vakil qilinganini bildirish 
uchun beriladi. Bunday ishonchnomalar muassasa rahbari to­
monidan imzolanishi va muhr bilan tasdiqlanishi kerak. Ayrim 
hollarda ishonchnoma qonun talabiga ko‘ra notarial tasdiqdan 
o ‘tishi zarur bo‘ladi.
Mazmun hamda vakolatning ko‘lamiga ko‘ra, ishonch­
nomalar bir martalik, maxsus va umumiy turlarga bo‘linadi.

Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   293




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin